F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Aholi migratsiyasi va urbanizatsiya jarayoni



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

 
4.5. Aholi migratsiyasi va urbanizatsiya jarayoni 
Migratsiya jarayoni aholi hududiy harakatining asosiy turi bo‘lib, u inson bilan 
tabiat o‘rtasida aloqadorlik vujudga kelgandan buyon shakllanib, rivojlanib 
kelmoqda. Aholi migratsiyasi ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab 
keng miqyosda amalga oshmoqda. 
Migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga taqsimlanadi. Mamlakatlar aholisining 
soni va tarkibiga bo‘ladigan ta’siri nuqtai nazaridan tashqi migratsiyaning ahamiyati 
beqiyosdir.
Zamonaviy 
urbanizatsiya 
umumjahon 
jarayoni 
sifatida 
ko‘pchilik 
mamlakatlarga xos bo‘lgan uchta umumiy jihatlar bilan ifodalanadi. 
Shulardan birinchi jihat – shahar aholisining, ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda 
yuqori sur’atlar bilan o‘sishi. 
Dunyoda 1900-yilda mavjud jami aholining salkam 14 foizi shaharlarda 
yashagan, bu ko‘satkich 1950-yilda 29 foizni, 1990-yilda - 45, 2000 yilda esa 51 
foizni tashkil etdi. 
Ikkinchi jihat – aholi va xo‘jalikning asosan katta shaharlarda to‘planganligi 
bilan bog‘liq. Bunday xolat avvalambor ishlab chiqarishning xususiyati, uni ilm-fan, 
talim tizimi bilan bo‘lgan aloqadorligining murakkablashuvi bilan bog‘langanligi.


27 
Uchinchi jihat – shaharlar hududining keskin kengayib, yoyilib ketishi bilan 
bog‘langan. Zamonaviy urbanizatsiya jarayoni uchun ayrim shaharlar va 
shaharchalardan shaharlar bilan qishloqlarni o‘zida qamrab olgan shaharlar 
aglomeratsiyalarga, megapolislarga o‘tish, ayniqsa xos bo‘lmoqda. Shaharlar 
aglomeratsiyalarining o‘zagi vazifasini odatda poytaxtlar, boshqa muhim sanoat 
markazlari va yirik dengiz portlari bajarmoqda. 
Juda yirik shaharlar aglomeratsiyalari Mexiko, Tokio, Can-Paulu, Nyu-YOrk 
shaharlari atrofida shakllangan, Shularning har birida 16 mln.dan 30 mln.gacha kishi 
istiqomat qiladi.
Urbanizatsiya darajasi bo‘yicha jahondagi barcha mamlakatlarni uch guruhga 
bo‘lish mumkin. 
1.Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 
50%dan yuqori). (Avstraliya, Yangi Zellandiya, Yevropa davlatlari va hokazo.) 
Janubiy Amerikaning ko‘pchilik mamlakatlari. 
2. O‘rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining 
ulushi 20%-50%). (Janubiy, G‘arbiy, Markaziy va Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo 
regionlari hamda Afrikada) joylashgan. 
3. Past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 
20%dan kam). (Afrika va Osiyoning ko‘pchilik mamlakatlari). 
Aholi - o‘zining hayotiy faoliyatini malum ijtimoiy va hududiy jamoalar 
doirasida amalga oshirayotgan insonlar guruhidir. 
Aholi migratsiyasi – lotinchadan (migratio) ko‘chish, ko‘chirish manosini 
anglatadi. Turar joyining o‘zgarishi bilan yakunlanadigan aholining hududiy harakati. 
Irqlar – bu insonlarning tarixan shakllangan o‘xshash, avloddan avlodga 
o‘tuvchi tashqi (teri-gavda) belgilari bo‘yicha ayrim guruhlaridir. 
Millat – insonlarning tarixan shakllangan umumjamoa guruhlari. Millatga 
hayot moddiy sharoitlari va hududning umumiyligi, til va milliy xarakter birligi 
xosdir. Urbanizatsiya – shaharlar va shahar aholisining soni hamda ulushining 
ko‘payishi bilan bog‘langan ijtimoiy-iqtisodiy va geografik jarayon. Uning 
rivojlanishi avvalambor sanoatlashish sur’atlari va darajasi bilan belgilanadi. 


28 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin