38
6-bob. AQSHNING IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIFI
6.1. AQSh ning iqtisodiy – geografik o‘rni.
6.2. Qisqacha tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari va ularni iqtisodiga ta’siri.
6.3. Aholisi va davlat tuzumi.
6.4. Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari.
6.5. Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.
6.1. AQSh ning iqtisodiy – geografik o‘rni
1. AQSh ning iqtisodiy – geografik o‘rni. Amerika Qo‘shma Shtatlari
(AQSh) – Shimoliy Amerikadagi davlat. Sharqdan Atlantika, g‘arbdan Tinch okeani,
janubi – sharqdan Meksika qo‘ltig‘i bilan o‘ralgan. AQSh maydonining kattaligi
bo‘yicha dunda Rossiya, Kanada va Xitoydan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Uning maydoni 9373 000 km
2
bo‘lib, hududiy jihatdan 3 qismdan iborat:
1. Asosiy qism. Butun hududning 84 % ini egallaydi. Sharqdan g‘arbga 4,5
ming Shimoldan Janubga salkam 3 ming km ga cho‘zilgan. Shimoldan Kanada,
janubdan
Meksika davlatlari bilan, sharqdan Atlantika va g‘arbdan Tinch okeani
bilan o‘ralgan.
2. Alyaska hamda Amut orollari (1,5 mln. km
2
). Mamlakat hududining 18%
mln tashkil etadi. Alyaska Kanadaning shimoliy – g‘arbiy qismi bilan chegaradosh.
3. Gavayi orollari (16,7 ming km
2
). U Tinch okeanida, qirg‘oqdan 3200 km
o‘zoqlikda joylashgan 24 oroldan iborat arxenelog bo‘lib, mamlakat hududining 0,2
% ini tashkil etadi.
Undan tashqari Petro – Rika hamdo‘stligi (8,9 ming km
2
) SHimoliy Mariako
orollari hamdo‘stligi, Guam, (0,5 ming km
2
)
Virginiya orollari, sharqiy sanoat (0,2
ming km
2
) ham AQSHga qarashli.
AQSh hududi besh soat mintaqasida joylashgan bo‘lib, ular G‘arbdan sharqqa
Tinch okeani, Markaziy, Sharqiy va Atlantika nomlari bilan ataluvchi soat
mintaqalariga ajratiladi. Samolyotning butun mamlakat hududi bo‘ylab G‘arb –
SHarq yo‘nalishida Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha uchib o‘tishi uchun 5-5,5
soat vaqt ketadi.
39
AQShning geografik o‘rni tarixning barcha bosqichlarida mamlakatning
rivojlanishiga qulaylik yaratgan. Bu avvalo, dengiz chegaralarida (12 ming km)
ajoyib tabiiy
bandargohlarning mavjudligi, ayniqsa mamlakat hududining Atlantika
va Tinch okeanlari orasida joylashganligi bilan bog‘liq. Kanada bilan quruqning
chegaralari ham tabiiy chegaralar, ya’ni dar va ko‘llar orqali o‘tadi va savdo –
iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga qulayliklar tug‘diradi.
Kanada shimoliy Amerikada joylashgan, jahonda
iqtisodiy jihatdan eng
rivojlangan mamlakatlardan biri, «Sakkizlik davlatlar» qatoriga kiradi.
Kanada hududi Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh
orollarda joylashgan. Maydon 9971,0 ming km.kv, aholisining soni 38,5 mln. kishi
(2017-y.).
Kanada – Hamdo`stlik tarkibidagi federativ davlat, 1931-yilda unga to‘la
mustaqiffik berilgan. Kanada tabiiy resurslarga juda boy mamlakatdir.
Uning
hududida uran, temir rudasi, nikel, mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, kumush, neft va tabiiy
gazning yirik konlari mavjud. Uran, nikel, oltin, kumush va boshqa qator rudali va
noruda qazilma boyliklarni qazib olish bo‘yicha Kanada dunyo mamlakatlari ichida
yetakchilik qiladi. Mamlakat yer va ayniqsa, suv hamda o‘rmon resurslariga juda
boydir. Shimoliy mintaqasidagi o‘rmonlarning deyarli 1/3
qismi ushbu mamlakatga
to‘g‘ri keladi.
Aholisining qariyb 40 foizi kanadalik-inglizlar, 30 foizi kanadalik-
fransuzlardan iborat. Qolgan qismi nemislar, italyanlar,
ukrainlar, gollandlar, ruslar
va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Mamlakat shimolida hamda ovchilik va
baliqchilik rivojiangan markaziy va g‘arbiy hududlarida mahalliy hindular,
eskimoslar, atapaskalar va boshqalar tarqoq holda yashaydi.
Aholi soni tabiiy o‘sish va migratsiya saldosi hisobiga ko‘paymoqda. O‘rtacha
yillik o‘sish sur’ati keyingi o‘n yilliklarda 1 foizdan oshmayapti. Shaharlarda jami
aholining deyarli 80,7 foizi istiqomat qiladi. Yirik
shaharlari qatoriga Monreal,
Toronto, Vankuver, Kvebek va boshqalar kiradi.
Kanada iqtisodiyoti yuksak taraqqiy etgan mamlakatdir. Kanada dunyo
mamlakatlari ichida nikel, rux, kumush rudalari, kaliy tuzlari,
asbest qazib olish
40
hamda qog‘oz ishlab chiqarishda birinchi, oltin, platina, molibden rudasi, oltingugurt,
uran qazib olish va selluloza ishlab chiqarishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni
egallaydi.
Dostları ilə paylaş: