46
6.4.Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari.
AQSh – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat.
YAlpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish hajmi, tovar va
kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning to‘planish va markazlaShuvi, ilmiy
tadqiqotlarga sarf-harajati bo‘yicha 1 – o‘rinda turadi. Butun dundagi sanoat ishlab
chiqarishning uchdan bir qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi paydo, G‘arbiy
dun mamlakatlari aviaraketa – kosmos texnikasining 3/4 qismi, EHM ning 2/3 qismi,
ko‘mir qazib chiqarish hajmining va AESlar quvvatining yarmidan ortig‘i, g‘alla
ekinlari yalpi hosilining 1/3 qismi AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 8,8 tril. Tashkil etib, uning yillik o‘sishi
o‘rtacha 4% atrofida.
Sanoati. AQSh milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. AQShning
ishlab chiqarish sanoati dun bo‘yicha Shu sohadagi ekspertning 1/5 qismini egallaydi.
Qo‘shma SHtatlar sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish va hududiy
konsentratsiyasi ilan ajralib turadi. U ham ommaviy, seriyali, ham o‘rta murakkab,
unikal mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Sanoat ishlab chiqarishining
yarmiga Yaqini sanoat korporatsiyalari qo‘lida. Ular orasida: «Ekson», «Mobil»,
«Teksako», «SHevran», «neft», «Jineral motors», «Ford motor», «Kraysler»
avtomobil, «IM», «Jeneral elektrik», «ITT» «Elektr mashinasozligi», «Dyulen de
Nemur» «Kimyo» va boshqa korporatsiyalar bor.
Elektr energetika . Elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH dunyoda
yetakchi hisoblanadi. Elektr energiyaning 74% MESlarda, 12,1% GESlarda, 14,1%
AESlarda hosil qilinadi.
Yoqilg‘i sanoatida neft (Miksika qo‘ltig‘i sohilidagi Galf, Koliforniya,
Alyaska), tabiiy gaz (Gald) va ko‘mir (Appalagi va Markaziy havzalar) asosiy o‘rinni
egallaydi. Ko‘mir 15 shtatda qazib olinadi. Asosan ochiq usulda qazib olinadigan
Appalachi havzasi (80%) asosiy o‘rinni egallaydi.
Qora metallurgiya. XX asrning ko‘p o‘n yilliklari mobaynida AQSH po‘lat
eritish bo‘yicha dunda birinchi o‘rinni egalab kelgan. Biroq oxirgi yillarda bu
tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlari keskin ravishda pasaydi. Qora metallurgiyaning
47
eng eski markazlaridan biri Shimoliy – Appalachi rayoni hisoblanadi. Bu rayon
Appalachidagi konslanuvchi ko‘mir va mahalliy rudasi asosida shakllangan bo‘lib,
uning markazi – Piterburg shahridir. Ikkinchi metallurgiya markazi AQSHning –
Ko‘l bo‘yi rayoni bo‘lib, bu erda metallurgiya sanoati rivojlanishida iste’mol omili
yetakchi o‘ringa ega. Eng yirik metallurgiya korxonalari joylashgan shaharlar –
Miluoki, CHikago, Deyroyt va boshqalar.
Rangli metallurgiya. AQSH rangli metallurgiyaning aosiy turlarini yirik ishlab
chiqaruvchi hisoblanadi.
Miss, Rux, Qo‘rg‘oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Ayxado, Arizona
shtatlarida mavjud. Alyuminiy sanoati Golf atrofida hamda Kolumbiya va Tennesi
daryolari havzvlarida joylashgan.
Mashinasozlik va metallsozlik . Mashinasozlik va metallni qayta ishlash
sanoati AQSH sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band
aholining 40 foizi to‘g‘ri keladi. AQSH mashinasozligini o‘n minglab korxonalar va
minglab firmalar tashkil etadi, lekin Shular ichida bir necha yirik korparatsiyalar
hukmronlik qiladi. Sanoat va energetika asbob-uskunalari ishlab chiqarish asosan
shimoliy-Sharqiy shtatlarda, elektro-texnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish
shimoliy-sharq va Kaliforniyada yo‘lga qo‘yilgan. Avtomobillsozlik tarmog‘i
AQSHning 20 ta shtatida mavjud. Michiga shtatidagi Debrayt shahri mamlakatning
«avtomobil poytaxti» hisoblanadi.
Avtomobil sanoati-AQSh xo‘jaligining yirik tarmoqlaridan biri. Uning
tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik
monopoliyalari: «Boing», «YUnayted texnologiya», «Mandolond Dujas», «Lokxod»,
AQSHda kemasozlik markazlari Atlantika okean iva Meksika qo‘ltig‘i sohillaridagi
shaharlarda joylashgan.
Elektr texnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika
ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari
boshqarib boradi. AQSH va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi
ish bilan band tarmoqning yirik markazlari-CHikago, Los-Anjiles, San-Fransisko,
Nyu-york, Boston, Pitsburg, Feladilfiya, Dallas va Fort-Uert.
48
Kimyo sanoati. AQSH dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi
bo‘ytcha yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu sohada «Dyuron de Nemir», «Dou kemike»,
Mansakto» va boshqa firmalar yuqori o‘rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar, mineral
o‘g‘itlar, buyoqlar, maishiy-kimyoviy buyoqlar, farmasevtika va kosmetika
mahsulotlari ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoliy-Sharqiy
shtatlarda, Meksika qo‘ltig‘i sohilidagi shaharlarda joylashgan.Harbiy sanoat asosan
Kaliforniya, Nyu-york, massa chusets, Virshnaya shtatlarida rivojlangan. Harbiy
sanoat korporatsiyalari orasida «Jeneral daynemijs», «Lokxid», Makdonnel Duglas»,
«Grumman», Xyuz Eyrkraft» yetakchi o‘rinni egallaydi.
Engil sanoat tarmoqlaridan eng salmoqlisi to‘g‘imachilik (ko‘proq SHimoliy
Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) charm-poyabzal sanoati
rivojlangan.
Oziq-ovqat sanoati. Bu tarmoq mamlakat qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga
tayanadi. Oziq-ovqat sanoati mahsulotning katta qismi shimoliy shtatlarda to‘g‘ri
keladi. Uning yetakchi tarmoqlari-go‘sht, sut, un, yog‘, qand-shakar, konserva,
alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.
AQSHda sanoati korxonalari notekis joylashgan. Sanoatning eng rivojlangan
regioni Markaziy shimol (ayniqsa Illinoys, Ogayo, Michigan) bo‘lib, u umumiy
ishlab chiqarishning 25 foizini beradi. O‘rta Atlantika regioni (Nyu-York,
Penselvaniya, Nyu-Jersi) ikinchi o‘rinni egallab, mamlakat ishlab chiqarishining 20
foizini tashkil etadi. Bu region asosan Kimyo va mashinasozlikka ixtisoslashgan.
Tinch okeani sohil bo‘yi regioni (Kaliforniya) umumiy sanoatning 15 foizini tashkil
etib, 3 o‘rinda turadi. Bu region transport jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, elektrik
va elektronik jihozlarga ko‘proq ixtisoslashgan.
Dostları ilə paylaş: |