F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

6.3.Aholisi va davlat tuzumi 
Aholi soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so‘ng 3-o‘rinni 
egallaydi. Aholisining soni 2001 – yilning 14-dekabrida olingan ma’lumotga ko‘ra 
285,9 mln. kishini tashkil etdi. 


43 
Mamlakatda aholi soni uzoq vaqt davomida ko‘proq immigrantlar hisobiga 
o‘sdi. 1821-1921 yillar davomida AQSHga 35 mln. immigrant ko‘chib keldi. O‘tgan 
asrning 70 yillarigacha ko‘chib kelganlar orsida inglizlar, shotlandiyaliklar va 
irlandiyaliklar ko‘pchilikni tashkil etgan. Keyinchalik Yevropaning boshqa 
mamlakatlaridan ko‘chib keluvchilar soni orta bordi. II jahon urushidan so‘ng esa 
Lotin Amerikasi mamlakatlaridan (ayniqsa, meksikaliklar) ko‘plab ko‘chib keldi. 
XVII asr davomida va XIX asr boshlarida janubiy shtatlarga Afrikadan negr qullar 
keltirildi. 
Umuman, AQSh aholisi sanatning o‘sishda immigratsiyaning roli katta bo‘lib 
kelgan. Bir qator qattiq cheklashlarga qaramay, hozirgi paytda ham yiliga 1 mln. dan 
ortiq kishi Shu mamlakatga ko‘chib kelmoqda. 
Aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 0,9 foizga teng bo‘lmoqda. Aholi soni 
tabbiiy ko‘payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o‘smoqda. Mamlakatda 
keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola to‘g‘ilmoqda, 9 kishi o‘lmoqda. 
Tabiiy ko‘payish koeffitsienti 7 ga teng. O‘rtacha yashash davri erkaklar uchun 73 
yoshli ayollarda 80 yoshli tashkil etadi. 
AQShda yuzdan ortiq etnik guruhlar yashasada, etnograf olimlar ularni uch 
asosiy guruhga ajratiladi:
1) AQSh amerikaliklari aholini asosiy qismini tashkil etadi. Amerikaliklar 
avlodlari 
17 
– asrning boshlarida Angliyaning SHimoliy Amerikadagi 
mustamlakasiga Yevropadan ko‘chib kelgan kishilar (ingliz, shotland, irland, golland, 
fransuz, ispan va boshqalar)dan tashkil topgan. Undan tashqari keyinchalik AQSHga 
muhojir bo‘lib kelgan turli-tuman etnik guruhlar assambiliya bo‘lib, Amerikaliklar 
qiyofasiga, tili va madaniyatiga o‘z hissalarini qo‘sha bordilar. Natijada, hozirda 
xalqi tashkil topgan bo‘lib, ular ingliz tilini o‘z ona tillari deb biladilar.
2) Oraliq immigratsiya guruhlari bu guruh AQShga nisbatan yaqinda ko‘chib 
kelgankishilardan iborat. 
3) Tub joy xalqlari (hindlar eskimoslar va boshqalar). Ular mamlakat aholisini 
1% dan ham kamrog‘ini tashkil etadi. 


44 
AQShning aholisini o‘rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa 
mamlakataridan ancha past (o‘rtacha 1 kv.km maydonga 29 kishi). Aholi notekis 
taqsimlangan. Aholining deyarli 70%i hududning 12 % qismini egallagan shimoliy – 
Sharqiy shtatlarda yashaydi. Agar Gavayi orollarida o‘rtacha zichlik 1 km
2
da 46 
kishini tashkil esa, Alyaskada 1 kishiga 5 km
2
to‘g‘ri keladi. Aholisining soniga ko‘ra 
yirik shtatlar quyidagilar: Kaliforniya (33 mln. kisht), Nyu-York (20 mln. kishi), 
Texas (20 mln. kishi), Florida (15 mln. kishi). 
AQSh aholisining joylaShuvi avvalo shaharlar geografiyasi bilan bog‘liq. 
Mamlakatda 9000 dan ortiq shahar mavjud bo‘lib, aholining 77%i shaharlarda 
yashaydi. 
Qishloq aholisi ko‘pincha alohida joylashgan fermalarda yashaydi. Biroq 
turmush tarziga ko‘ra, qishloq ahli shaharliklardan uncha farq qilmaydi. 
Davlat tuzumiga ko‘ra, AQSh 50 shtat hamda alohida federal okrugdan iborat 
federativ respublikadir. Har bir shtat o‘z konstitutsiyasiga, qonun chiqaruvchi va 
ijrochi hokimiyat organlariga, saylab quyiladigan gubernatoriga, Shuningdek o‘z 
ramziy belgisiga ega. Kolumbiya federal okrugi hududida mamlakat poytaxti – 
Vashington shahri joylashgan. 
Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat 
boshlig‘i, qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni – prezident, uning vakolatlari juda katta 
Vitse – prezident bilan birga bevosita, ishni bosqichni saylov yo‘li bilan 4 yil 
muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan 
iborat ikki, palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular) 6 yil 
muddatga, har shtatdan 2 tadan saylandi va o‘z qismi har 2 yilda yangilab turiladi). 
Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi – AQSH 
hukumati prezident tomonidan sanoatning roiziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan 
iborat bo‘ladi. AQSH davlatning konstitutsiyaviy tizimiga uch sisiy-huquqiy qoida 
asos qilib olingan, bu qoidalar – hokimiyatning bo‘linishi, federalizm va sudning 
konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo‘linish qoidasi davlat 
hokimiyatining uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchanlik ijroiya va sud 


45 
hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o‘rtasida vazifalarning chegralab qo‘yilishini 
nazarda tutudi. Federal darajadagi uch tarmoq Kongress, Prezident va Oliy suddir. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin