41
Kanada sanoatida tog‘-kon tarmog‘i bilan
bir qatorda elektroenergetika,
o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz, transport va qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat (un
tortish, go‘sht, baliq-konserva va b.) va yengil (to‘qimachilik, teri-poyabzal va
tikuvchilik) sanoat tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi va
chorvachilik yuqon darajada mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan.
6.2. Qisqacha tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari va ularni iqtisodiga ta’siri.
AQShning Atlantika okeani qirg‘og‘ida ko‘rfaz va qo‘ltiqlar juda ko‘p.
Sohillari asosan pastlikdan iborat bo‘lib, eng katta yarim oroli – Florida.
Mamlakat
relefi uch turga bo‘linadi. G‘arbdagi Kordilera tog‘ chizmasi AQSh hududining
uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland tog‘lar, Sharqiy mintaqani
g‘oyali tog‘ tizmalari egallagan, mazkur ikala tog‘li mintaqa oralig‘ida Kolumbiya va
Kolorado platolari bor. SHarqda uncha baland bo‘lmagan Appalachi tog‘lari bo‘lib,
uni torgina Atlantika bo‘yi past tekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilera bilan
Appalachi o‘rtasida
Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar va Meksika bo‘yi
tekisliklarini o‘z ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. AQSh hududining deyarli
hammasi mo‘‘tadil va subtropik mintaqalarda, Alyaska – subarktika, Floridaning
janubiy hismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoliy –
Sharqiy va
Sharqiy qismlari iqlimga iliq Golstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimga Koliforniya
oqimi anchagina ta’sir o‘tkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra
shimoliy va janubiy mintaqalar o‘rtasidaavoning faol almashinuvi munosabati bilan
ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi.
AQSh – tabiiy resurslarning barcha turlariga boy. Mineral resurslarning ba’zi
bir turlarining zahiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shular
qatoriga toshko‘mir, miss, molibden, alyuminiy xomashyosi, qo‘rg‘oshin – Rux, uran
rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
Yoqilg‘i – energetika resurslari toshko‘miri, (3,6 trln.t) neft, (4,4 mlrd. t) tabiiy
gaz (10 trln. m
3
) va gidro resurslarga (700 mlrd. keg.s) asoslanadi. Toshko‘mirning
yirik konlari Appalachi havzasida hamda o‘rta G‘arb rayonida mavjud AQSH yirik
neft zahiralariga ham ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo – Bey), Texas, Nyu-
42
Masaka, Luizana, Kaliforniya shtatlarida hamda Meksika ko‘rfazida joylashgan.
AQSH da yirik tabiiy gaz konlari neft konlari nida joylashgan (Texas,
Kaliforniya
shtatlari va Meksika ko‘rfazi). Temir rudasining katta zahiralari Buyuk ko‘llarning
sohillaridan konlarda to‘plangan. Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara
gidroenergiya
resurslariga
boy
bo‘lib,
undan
hozirgi
vaqtda
samarali
foydalanilmoqda.
AQShning yuqori darajadagi iqtisodiy taraqqitida uning o‘ziga
xos tabiiy
sharoiti va tabiiy resurslarning ahamiyati juda katta. Mamlakatning materik hismi
hududi dehqonchilik va chorvochilikning deyarli barcha tarmoqlarini yetishtirish
uchun qo‘lay bo‘lgan agroiqlim resurslariga ega. AQSHning juda katta maydonini
egallagan dasht-zonasi mamlakatning eng yirik g‘alla makonidir. Deyarli 100-120
mln. tonna don lalmi yerlarda yyetishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6-7
yilda
bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg‘oqchil kelib, don ekinlari birmuncha zarar
ko‘radi.
Ko‘pincha tabiiy zahiralari bo‘yicha AQSH dunda va Shuningdek rivojlangan
g‘arb mamlakatlari ichida yetakchi o‘rinda turadi. Bu esa mamlakat iqtisoditida katta
ahamiyatga ega.
Mamlakat bir yilda 900 mln. tonnadan ziyod ko‘mir, 400-450 mln. tonna
atrofida neft, 500 mlrd kub.m tabiiy gaz qazib olinmoqda.
Rangli metallar ruda
konlari Qilli va Kordelera tog‘lariga to‘g‘ri keladiyu Ayniqsa miss, Rux, qo‘g‘oshin,
volfram juda katta miqdorda mavjud Dunyo miqsidagi eng yirik molibden konlari
Kolorado, Yuta va Nyu-Meksika shtatlaridagi havzalarda qazib olinadi. Kolorado
platasida miss rudalari, katta basseynda – oltin qazib olinadi.
AQSHning oxirgi un
yilliklar ichida Alyaska shtati tabiiy resurslarga eng boy hudud deb qaralmoqda. Bu
yerda tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, qalay, nikel, simob, asbest va neft zahiralari mavjud.
Dostları ilə paylaş: