43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI
5.4. Dunyoning asosiy sanoat tarmoqlari geografiyasi Er shari iqtisodiy faol aholisining 60 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligida band,
agar qishloq xo‘jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda
jahon aholisining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligi sohalariga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi ikki tarmoqqa bo‘linadi:
1. Ziroatchilik (Dehqonchilik)
2. Chorvachilik
Hozirgi zamon qishloq xo‘jalik geografiyasi ko‘pgina omillar tasiriga bog‘liq:
tabiiy, iqtisodiy va ciyociy.
Qishloq xo‘jaligini joylashishiga tabiiy sharoit katta tasir ko‘rsatadi, uning
rivojlanishi uchun yorug‘liq, icciqlik, namlik va tuproqda ozuqa moddalari zarur.
Qulay agroiqlim, suv, tuproq resurslari quruqlikning hamma joyida ham uchramaydi.
Tuproq masalan, bir turdagi qishloq xo‘jalik ekini uchun qulay bo‘lsa, boshqasi
uchun esa noqulay bo‘lishi mumkin.
Bazi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining turli rayonlarda ishlab chiqarish ham
ularning transport-geografik holatiga, iste’molchiga yaqinligi va qishloq xo‘jaligi
mahsulotining sanoat qayta ishlashiga ham bog‘liq.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan kapitalistik davlatlarda qishloq xo‘jaligi bilan
sanoat rivojlanishini vertikal holati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishdan yirik
foyda olish maqsadida monopolistik kapital hisobiga, mayda hamda o‘rta fermer
xo‘jaliklarini xonavayron qilish hisobga amalga oshiriladi.
Rivojlanayotgan davlatlar xukumati yirik xo‘jaliklarga iqtisodiy ko‘mak berish
(imtiyozli bank kreditlari olib berish, texnikani takomillashtirish, davlat hisobiga
yerlarni meliorativ holatini yaxshilash va hokazo) qishloq xo‘jalik yerlarini
yiriklashtirish va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni to‘plash bilan birgalikda mayda
xo‘jaliklarni huquq va imkoniyatlarini cheklashtirmoqdalar. Bunday xo‘jalik yuritish
35
tadbirlari (kichik va o‘rta dexqonlarini sindirish) yirik xo‘jaliklarni barpo qilish,
texnikaviy jihozlangan xo‘jaliklar va tovar mahsulotlarini ishlab chiqarishni
ko‘paytirishga yunaltirilgan.