F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Dunyo sanoati tarkibida yuz berayotgan asosiy o‘zgarishlar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

5.3. Dunyo sanoati tarkibida yuz berayotgan asosiy o‘zgarishlar 
Fan-texnika taraqqiyoti tasirida hamma mamlakatlarning sanoati tarkibida 
muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. 
7
Market economy: the equilibrium relationship of demand, supply and price. Adapted from Dicken and 
Lloyd, 1990, Figure I.1, p.5


33 
1) hozirgi vaqtda undiruvchi sanoat bilan ishlab beruvchi sanoat o‘rtasidagi
nisbat o‘zgarmoqda. Ancha ko‘p mehnat va katta harajat talab qiluvchi undiruvchi 
sanoatning eng muhim tarmog‘i tog‘-kon sanoatining salmog‘i tobora qisqarib 
bormoqda, ishlab beruvchi sanoatniki esa o‘smoqda. 
2) ishlab beruvchi sanoatning o‘zida ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda.
a) avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo
va rangli metallurgiyaning ayrim tarmoqlari tez sur’atlar bilan o‘smoqda; 
b) “eng yangi tarmoqlar” deb ataluvchi radioelektronika, organik sintez
sanoati, atom energetikaci, raketa texnikasi, yuqoridagi tarmoqlardan ham jadalroq 
sur’atlar bilan rivojlanmoqda; 
c) “eski tarmoqlar” deb ataluvchi ko‘mir, to‘kimachilik, qora metallurgiya,
kemasozlik, lokomativcozlik tarmoqlari zamonga moslashtirilib, texnik jihatdan 
qaytadan tamirlanmoqda; 
d) yoqilg‘i-energetika balancida o‘zgarishlar bo‘lmoqda, yangi materiallar,
tabiiy xomashyo o‘rnini bosuvchi cuniy materiallar amaliyotga jadal sur’atlar bilan 
joriy etilmoqda; 
Sanoatda yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda hududiy 
o‘zgarishlar ham yuz bermoqda: 
a) yangi texnologiyani joriy etish, quvur, elektr uzatish va transportning boshqa
turlarini rivojlantirish ko‘pgina tarmoqlarni joylashtirishga tasir ko‘rsatmoqda; 
b) hududiy o‘zgarishlarning asosiy yunalishlaridan biri xom-ashyo macalacini
hal qilishdir. Buning asosiy sabablari mineral hom-ashyoning dunyo bo‘yicha notekic 
taqsimlanganligi bilan bog‘langan. 
Qishloq xo‘jaligi jahon aholisiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib 
berish bilan birgalikda engil sanoat uchun malum miqdorda xom ashyo ham yetkazib 
beradi. Shuning bilan birga qishloq xo‘jaligi turli xil qishloq xo‘jalik mashinalari va 
mineral o‘g‘itlarni ictemol qiluvchi soha hamdir. Biroq qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishining o‘sishiga nomutanosib ravishda jahon aholisining malum qismi, hatto 
o‘nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to‘yib ovqat yemaydi. 


34 
Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam taminlangan 
mamlakatlarning aholisi kiradi. Shunga bog‘liq holda oziq-ovqat bilan taminlanishi 
o‘sish darajasini aholi o‘sish darajasiga nisbatan (2 foiz) emas, balki 3,5—4 foizga 
etkazish zarur. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin