32
5.2-rasm. Bozor iqtisodiyoti
7
Hududiy to‘planish omili. Ishlab chiqarish korxonalar ko‘lamining
kattalashishi bilan ifodalangan to‘planishi katta iqtisodiy samara beradi. Yirik sanoat
markazlari, tugunlari, hududlari, transport tugunlari, shahar aglomeratsiyalarida
ishlab chiqarishning to‘planishi bilan bog‘liq ravishda xo‘jalik va aholining ham
hududiy to‘planishi ro‘y beradi. Eski sanoat hududlarining mavqei ayniqsa katta, ular
poytaxt shaharlarida, ko‘mir xavzalarida va shu kabilarda allaqachon tarkib topgan.
Butun jahon ishlab chiqarishning malum qismi Shunday joylarda to‘plangan.
Ilm-fan omili. FTI davrida fan-texnika bazasi ishlab chiqarishni
joylashtirishning tobora muhimroq omiliga aylanib bormoqda. Bu xol birinchi
navbatda ilm-fan talab eng yangi tarmoqlarga taaluqlidir. Bunday tarmoqlar yirik
ilmiy markazlar-katta shahar aglomeratsiyalarida joylashadi: “ixtisoslashgan ilm-fan
shaharlari” vujudga keladi.
Ekologik omil. Ilgari ham mavjud bo‘lgan bu omil FTI davrida alohida
ahamiyat kasb etdi. Eng sanoatlashgan va urbanizatsiyalashgan joylarda er va
suvning etishmacligi, sanoat chiqindi va oqavalarini tozalashga xarajatning oshib
borishi, atrof-muhit holatining umumiy yomonlashishi bu yerlarda ishlab chiqarish
hamda aholining bundan buyongi to‘planishini chegaralovchi muhim sabablar bo‘lib
qoldi. Ayrim xollarda bir qancha “iflos” ishlab chiqarishlar boshqa joylarga
ko‘chiriladi yoki butunlay to‘xtatiladi.
Dostları ilə paylaş: