18
ega. Ular xalqaro qiyosiy taqqoslashga asoslanib amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlari ikki katta guruhga – iqtisodiy
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga, ularning
har birida esa bir nechta
kichik gurular ajratiladi.
Dunyo siyosiy xaritasining barcha siyosiy-geografik birliklari ikkita teng
bo‘lmagan guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil (suveren) davlatlar; 2) boshqa davlatlarga
turli shaklda qaram bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqaradigan hududlar.
Suveren davlatlar
davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega, ularning eng muhimi davlat tuzumi
hisoblanadi. Ular respublika yoki monarxiya bo‘lishi mumkin.
Dunyoning barcha
davlatlari davlat tuzilishi xususiyatiga ko‘ra, unitar va federativ davlatlarga bo‘linadi.
Siyosiy tartib (rejim) bo‘yicha dunyo mamlakatlari demokratik, avtoritar,
totalitar
tiplarga bo‘linadi.
Dunyo tuzilishining birlamchi elementi davlat hududlari hisoblanadi. Ular
ma’lum mamlakatlar suvereniteti ostida bo‘lgan yer shari qismlaridir. Har bir
mamlakat ularni boshqa davlatlardan ajratib turadigan quruqlik va dengiz
chegaralariga ega bo‘ladi. Bu erda davlat chegaralarining
daxlsizligi va yaxlitligi
prinsipi asosiy funksiyani bajaradi: ajratuvchi va birlashtiruvchi. Xalqaro huquq
boshqa davlatlarning chegaralarini buzishni ta’qiqlaydi. Davlat o‘rtasidagi barcha
hududiy janjallar faqat tinch vositalar bilan hal etilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: