5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash



Yüklə 165,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix14.12.2023
ölçüsü165,23 Kb.
#179118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí




 
5-MAVZU. 
O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI. DINIY 
EKSTREMIZM 
VA 
TERRORIZMGA 
QARSHI 
KURASH: 
O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
 
Reja: 
 
1.
 
Vijdon erkinligi tushunchasi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 
diniy konfessiya va tashkilotlar.
2.
 
Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi. 
3.
 
Diniy 
mutaassiblik 
(fanatizm), 
ekstremizm, 
aqidaparastlik 
(fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va 
reaksion mohiyati. 
4.
 
Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va 
diniy bag‘rikenglikka tahdidi. 
5.
 
 Ekstrеmizm va tеrrorizmgaqarshi kurash; O’zbеkiston tajribasi. 
1.
Абдусамедов А.Э. Динлар тарихи. -Тошкент: ЎзМУ, 2004. -208 б. 
2.
Йўлдошхўжаев X., Раҳимжонов Д., Комилов М. Диншунослик 
(маърузалар матни). - Тошкент: ТошДШИ нашриёти, 2000. 
3.
Мўминов А. ва бошқ. Диншунослик (дарслик). -Тошкент: «Mehnat», 
2004. 
4.
Очилдиев А. ва бошқалар. Диншунослик асослари (ўқув қўлланма). - 
Тошкент: “Тошкент ислом университети” нашриёт матбаа бирлашмаси
2013. 
Хасанов А. ва бошқалар. Ислом тарихи (дарслик). - Тошкент: Тошкент ислом 
университети матбаа-нашриёт бирлашмаси, 2008. 
O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta’minlanishi 
fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni 
belgilash imkoniyatini yaratdi. 
YAngi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun 
Respublikamiz Konstitutsiyasi tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga 
oshirishning oqilona demokratik echimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday 
dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat 
kafolatlangan huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlamoqda. 



Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech 
qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari 
masalasining eng muhim kirralaridan biridir. SHuning uchun ham Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari 
Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 
18-moddasida bunday deb yozib qo‘yilgan: «Har bir inson... vijdon va din erkinligi 
huquqiga egadir». 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro 
me’yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan 
xujjatlarga qo‘shilgan. SHuning uchun ham davlatimizning Asosiy Qonuni- 
Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e’tiqod qilish yoki 
hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan yoki 
sening biror dinga e’tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi 
va u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi 
shaxs, «Diniy e’tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish 
yoki ishonmaslik, dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir. 
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan 
qat’i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, 
dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning 
yo‘qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va x.k.) uchun majburiy
yig‘imlar to‘plashning ta’qiqlanganligi, diniy e’tiqod tufayli o‘zaro adovat va 
nafrat ko‘zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi.
Ayni paytda, shu narsani alohida ta’kidlash zarurki, dinga e’tiqod qilish 
erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, 
salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zaruriyat 
tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin. 
Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir. 
Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat? 
Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflab berilgan. Bular: 
-
avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; 
-
barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; 
-
maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; 
-
ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi; 
-
dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan muayyan 
sharoitlarning yaratib berilganligi. 

Yüklə 165,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin