4
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga
etmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy
majburiy o‘rta ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat
ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta,
diniy ta’lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta’lim berishga qonunda belgilangan
tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa
shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan
tartiblarning
buzilishi
qonunga
muvofiq
javobgarlikka
tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining
145-moddasiga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish,
shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75
barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish
ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda
turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z
e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va
millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy
mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan,
1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida
xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus
pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125 yilligi
tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga
(Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi,
Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar
cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo
shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, YAhudiylik, Bahoiylik, Krishnani
anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib
boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta
maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot,
jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: