11
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon
etilishi, boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin
etilgan diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy
tuzumga qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali
davlat suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch
bilan egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir.
Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid
soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish
yoxud tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof
ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy
ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat
tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok
etish yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta’limotdan saboq berish
tartibini buzish, diniy adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish
bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Diniy aqidaparastlik
esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki
o‘rinsizligidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir.
Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo
va to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Aqidaparast guruhlar
haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi.
Ular o‘z g‘oyalari bid’atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va
boshqalarga nibatan murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq
deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik
esa zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. YA’ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo
bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni
ham hamz ichiga oladi. Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini
barpo qilishga intiladi. Bu maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli
to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi.
Dostları ilə paylaş: