5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash



Yüklə 165,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix14.12.2023
ölçüsü165,23 Kb.
#179118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

Dunyoviy davlat tushunchasi. 
Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan 
ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. 
Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini 
bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga 
aralashmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e’lon qiladigan 
davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun 
oldida teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, 
ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, 
har bir fuqaroga diniy e’tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan 



belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy 
tashkilotlarning qonun oldida tengligini e’lon qilgan va uni amalda ham 
ta’minlaydigan davlatdir. 
Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga 
yo‘l qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga 
ruxsat bermaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta’lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari 
diniy fanlardan holi bo‘lgan hamda ta’lim mazmuniga din singdirilmaydigan 
davlatdir. 
Ayni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan 
tartibda diniy ta’lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda 
diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta’minlaydi. 
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-
da, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari 
asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.

Yüklə 165,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin