«Terrorizm
atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma’lum yovuz
maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan
g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli. Terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy
jinoiy maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv
organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki
bu dinni, mazhabni o‘ziga niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali
o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy,
g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi
mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har
qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat
tamoyillariga ziddir. SHuning uchun terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga
oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni
maqsad qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning
yaqinlarini jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan
qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish
12
yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi yillarda intellektual va ommaviy axborot
sohalarida terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy
poligonlarning muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar
oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga
mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter
tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “viruslar”ni tarqatish bunga misol bo‘la
oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni
ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol
bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba’zi reaksion agressiv
ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi
ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra-
hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda
chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni
tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy
ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida
rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, protestantlar,
provoslavlar orasida ham uchratish mumkin. Bunday holat sobiq sho‘rolardan
qolgan makonda ham kuzatildi.
1
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar
qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu
maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish
va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar.
Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi.
Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu
yo‘lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar.
Ma’lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi.
Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor
ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu
mohiyatiga ko‘ra – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga
qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ
ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama. Aslida «fundamentalizm» so‘zi
20-asr boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da,
oxirgi paytlarda jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar
deb atash odat tusiga kirdi. Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va
kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. ularning ba’zilari siyosiy jabhada,
inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda
o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli
jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib
borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan
shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki
dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va
1
Бу ҳақда тўлиқроқ маълумот олиш учун қаранг.И.Каримов. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид,
барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.: “Ўзбекистон”- 1997.
13
nihoyat, ularning ta’biri bilan aytganda, islomda «shirk» (butparastlik)ka barham
berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan
o‘ta radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va
mo‘‘tadil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta
qurish, bunda eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb
hisoblasa, so‘l radikalizm jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish,
yangiliklardan ko‘ra aqidalarga tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi.
Mo‘‘tadil radikalizm ko‘proq reformistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat
hayotida pishib etilgan muammolarni hal qilishda ishni paysalga solmaslik lozim
degan tamoyilga tayanadi. Afsuski, radikalizm ko‘proq mo‘‘tadil holda emas, balki
o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi.
Fundamentalistlarning ta’biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har
qanday jamiyat, g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat
hamdir. Bu ham "hokimiylik" tamoyillari bilan asoslanadi. SHuni ham ta’kidlash
joizki, ushbu (yoki unga o‘xshash boshqa bir) atama islomda keng tarqalmagan.
Biror-bir musulmon muallifi tarafidan uning qo‘llanishi esa, hech bo‘lmaganda,
uning islom fundamentalizmi nazariy asoslariga xayrixoxligi, moyilligini
anglatadi. hattoki "Musulmon birodarlar" ham bu tushunchaga bir xil munosabatda
bo‘lmaydilar.
"Hokimiylik"ning
moxiyati
shundan
iboratki,
Olloh
tomonidan
yaratilganlardan hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas.
CHunki ularni faqatgina Ollohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq
qilib aytganda, odamlar qonun chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina
egadirlar. "Hokimiylik"ni e’tirof etish bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu
tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy hokimiyatning har qanday shaklini,
diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor etadi. Mamlakat hukumati
xuddi xalqi kabi qonun chiqarish hokimiyatidan mahrumdirlar. qonun tizimi
ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u abadiydir. SHariatdan boshqa har qanday
qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa - gunoxdir. YUqoridagalardan
ma’lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy etuvchi
hukumat Ollohga xos bo‘lgan sifat - "xuquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi.
Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega
emaslar.
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni
yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu
ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga
asoslangan huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol
ravshsda rad etish talablari ham shundan kelib chiqadi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda
"fundamentalizm", "qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-
Salafiyya" tushunchasi bilan izoxlaydilar.
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk
musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e’tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf
as-salihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular
14
islomning ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid’a, yo‘l qo‘yish
mumkin bo‘lmagan holat sifatida baholaganlar. Bunga qur’onni ramziy-
majoziy talqin qilish usullaridan terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish
"Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi.
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari,
jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda
asoslangan bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus
"jangovar" guruxlarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Aslida transformatsiyalashuv
uchun bir qancha istiqbollari bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh
(tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb tasviflanavermaydi.
Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma’noni
anglatadi. Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga tazyiq o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy
maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir.
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor:
1.
Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li).
2.
Jinoiy yo‘li.
3.
Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir.
Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Fransiya inqilobi davrida
istifoga kiritilgan edi. Hozirgi ma’nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama
ko‘proq ijobiy ma’no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning
ta’sirchan vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga
qaratilgan sa’y-harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar
paydo bo‘ldi. Ular ta’sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga
inqilobiy aqidalar va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi.
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16
fevral kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va
shaharning besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari
o‘nlab begunoh kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma’shum voqealar
mamlakatimiz hayotini izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima
sololmadi. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevral voqealarini sodir
etgan bir guruh kimsalar qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin
terrorchilar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999
yilning avgustida Qirg‘iziston respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib,
respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida
qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza
qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli tinchligimizni buzishga intilgan
yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi.
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi.
Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va
qolaversa maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
15
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan
harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
CHunki, O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi.
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo
viloyatining Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston
hududi orqali kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga
tayyorgarlik ko‘rdilar va Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi
bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik
tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek,
tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir.
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy
maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga
ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib
ketishining xavfli ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi.
Terrorchilik harakatlari, ya’ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat
arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar
vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob’ektlarni egallab olish, portlatish,
odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat
tinchligiga putur etkazadi.
Dostları ilə paylaş: |