5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


O‘zbekistonda davlat va din munosabati



Yüklə 165,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix14.12.2023
ölçüsü165,23 Kb.
#179118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

O‘zbekistonda davlat va din munosabati. 
O‘zbekiston – dunyoviy davlat. 
Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari 
O‘zbekistonda ham amal qiladi. 
Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga 
xos jihatlar ham mavjud. 
O‘zbekistonda ma’naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot 
tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi 
taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining 
fikrlariga ko‘ra ma’naviyatning asosi 
fan
bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa 
jamiyatning ma’naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash 
to‘g‘ri bo‘ladi. 
SHunday qilinganda,
 birinchidan,
vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion 
Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi; 
Ikkinchidan, 
bir dinning boshqa din, bir e’tiqodning boshqa e’tiqodga 
nisbatan imtiyozli bo‘lishining oldi olinadi; 
Uchinchidan, 
din ma’naviy madaniyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi; 
To‘rtinchidan, 
biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi; 
Beshinchidan, 
yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga 
aqllari etadiki, bu o‘z-o‘zidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini
ayon qiladi. 
O‘zbekiston davlati o‘z fuqarolarining diniy e’tiqodlarini hurmat qiladi. Ayni 
paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarida belgilab qo‘yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim: 
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya
etish; 



-
dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish,
millatlararo adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida 
foydalanmaslik; 
- diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi; 
- diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarning diniy 
ta’lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o‘qitish 
ishlarini olib borishlari; 
- dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik; 

taqiqlangan 
g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video
mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik. 
O‘zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: 
- diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan. 
Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning 
bo‘limlari tuzilishi ham ta’qiqlanadi: 
-
terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, 
shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, 
sektalarning faoliyat ko‘rsatishi; 
-
dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlariga tazyiq o‘tkazishi; 
- yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanish; 
-
davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi; 

diniy 
tashkilotlar 
xizmatchilarining 
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzodining ro‘yxati olinishi; 
- diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari 
deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi. 
Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy 
javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. 
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og‘ishmay amal qilsalar, jamiyatda 
siyosiy barqarorlik mustahkam bo‘ladi va fuqarolar totuvliligi to‘la qaror topadi. 

Yüklə 165,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin