5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash



Yüklə 165,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix14.12.2023
ölçüsü165,23 Kb.
#179118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

Konstitutsiyadan: 
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar»
(18-modda)
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga 
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». 
(31-modda)
«Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib 
qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning 
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, 
irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz 
qiluvchi, shuningdek xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi 



siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati 
ta’qiqlanadi». 
(57-modda)
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonundan: 
3-modda. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish 
yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitutsiyaviy 
huquqidir. 
Fuqaro o‘zining dinga, e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, 
diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda 
majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning 
ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda 
dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va 
jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va 
erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. 
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir 
dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalarga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar 
belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, 
har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va xurmat 
o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga 
munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar 
o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan 
hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik 
faoliyati man etiladi.

Yüklə 165,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin