F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

3.3. Xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
Hozirgi 
zamon 
xalqaro 
aloqalarida 
xalqaro 
tashkilotlar 
davlatlar 
hamkorligining shakllaridan biri sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Xalqaro tashkilotlar tizimining murakkablashib borishi va vakolatlarining 
kengaytirilishi tabiiy tus olmokda. XXI asr boshida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro 
tashkilotlarning soni 4 mingdan ortik. bo‘lib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotlardir. 
Ular o‘rtasidagi aloqalar va olib borilayotgan hamkorlik ko‘lami xalqaro tashkilotlar 
tizimi haqida gapirishga imkon beradi. 
«Xalqaro tashkilotlar» atamasi odatda davlatlararo (hukumatlararo) va 
nohukumat tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatlararo (hukumatlararo) 
tashkilot uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:


19 

birinchidan, davlatlarning a’zoligi;

ikkinchsdan, xalqaro ta’sis shartnomasining mavjudligi;

uchinchidan, doimiy organlarining mavjud bo‘lishi;

to‘rtinchidan, davlatlar suverenitetining xurmat qilinishi;
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadilar.
Nohukumat xalqaro tashkilotlarning asosiy farqli belgilari ularning 
davlatlararo shartnoma asosida tashkil etilmaganliklari, jismoniy va yuridik 
shaxslarni birlashtirganliklari (masalan, Xalqaro huquq assotsiatsiyasi)dan iborat. 
Azolarining tarkibiga ko‘ra xalqaro hukumatlararo tashkilotlar:

birinchi, universal, barcha davlatlar ishtirok etishlari uchun ochiq 
tashkilotlar (BMT va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari);

ikkinchi, mintaqaviy, ma’lum mintakada joylashgan davlatlargina a’zo 
bo‘lishlari mumkin tashkilotlar (Yevropa kengashi, Afrika birligi tashkiloti)ga 
bo‘linadi.
Davlatlararo tashkilotlar umumiy va maxsus vakolatli tashkilotlarga bo‘linadi. 
Umumiy vakolatli tashkilotlar faoliyati a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning hamma 
(siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) sohalariga tegishli bo‘ladi. 
Maxsus vakolatli tashkilotlarning faoliyat sohasi biror aniq, (siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy) soha bilan chegaralangan bo‘ladi.
Vakolatlari tabiatidan kelib chikdan xolda tasniflash davlatlararo va 
davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlarni farqlashga imkon beradi. Birinchi guruhga 
mavjud tashkilotlarning aksariyat qismi kiradi va ularning vazifasi davlatlar o‘rtasida 
hamkorlikni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu borada qabul qilingan qarorlar a’zo 
davlatlarga yuboriladi. Davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlar maqsadi 
integratsiyaga yunaltirilgan. Bu tashkilotlarning qarorlari a’zo tashkilotlarning 
fuqarolari va yuridik shaxslariga bevosita yunaltirilgan bo‘ladi. 
Xalqaro tashkilotlar davlatlar birlashmalari yoki noxukumat yo‘nalishida 
bo‘lib, ular siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnika sohasidagi umumiy 
maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat bilan Shug‘ullanadilar. BMT 
eng ommaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi kelajak avlodlarni urush 


20 
ofatlaridan xalos etish, mustamlakachilikka, inson huquqlarini qo‘pol va ommaviy 
buzilishiga qarshi kurash, xalqaro xavfsizlik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
sohasida faoliyat yuritish va boshqalar.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin