Tayanch iboralar: Siyosiy xarita, xalqaro xavfsizlik, tashkilotlar, huquqlar,
vakolatla, nohukumat, siyosiy-geografik, ilmiy-texnik, tipologiya, hukumatlararo,
milliy chegaralar.
Nazorat savollari
1. Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi tushunchasining mazmun va mohiyatini
tushuntiring.
2. Hozirgi dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi shakllanishi davrlariga ta’rif
bering.
3. Hozirgi dunyo mamlakatlari hilma-hilligi qanday sabablarga bog‘liq?
4. Davlatlararo tashkilotlari qanday vakolatli tashkilotlarga bo‘linadi?
21
4-bob. DUNYO AHOLI GEOGRAFIYASI
4.1. Aholi soni, dinamikasi va tabiiy harakati.
4.2. Aholining yosh-jins, irqiy, etnik va diniy tarkibi
4.3. Aholining talimiy darajasi
4.4. Aholining hududiy joylashishi
4.5. Aholi migratsiyasi va urbanizatsiya jarayoni
4.1. Aholi soni, dinamikasi va tabiiy harakati.
Aholi soni va tarkibi uning bajaradigan vazifalari bilan bog‘liq holda
baholanadi. Aholi avvalambor o‘zidan ko‘payadigan, o‘zini takror barpo qiladigan
biocosial organizmdir. Aholi shu bilan birga jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi
kuchi va ictemolchicidir. Ana shu nuqtai nazardan aholi soni, tarkibi, o‘sish sur’atlari,
joylashishiga xos xususiyatlarni tahlil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
XIX asrgacha bo‘lgan davrda demografik jarayonlarda sezilarli sifat
o‘zgarishlari bo‘lib o‘tmadi. Undan keyingi davrda aholining tabiiy harakati
ko‘rsatkichlarida demografik o‘tish jarayoni boshlandi. U oila bajaradigan
vazifalarning keskin o‘zgarishi, turmushning nisbatan yaxshilanishi, aholining yosh
tarkibidagi siljishlar va boshqa omillar bilan bog‘langandir.
Demograf olimlar demografik o‘tish jarayonini to‘rt ketma-ket keluvchi fazani
o‘z ichga olishini ilmiy asoslab berganlar.
Birinchi faza uchun tug‘ilishning yuqori darajada saqlanishi va o‘limning
keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o‘sish
xosdir.
Ikkinchi faza ko‘p bolali oiladan kam bolali oilaga o‘tish, o‘limning
qisqarishi, tug‘ilishning esa undan ham ko‘p miqyosda kamayishi natijada tabiiy
o‘sishning pasayishi bilan ifodalanadi.
Uchinchi fazada avvalambor aholi ichida qariyalar soni va ulushining o‘sishi
hamda tug‘ilishning asta-sekin pasayishi natijasida o‘lim birmuncha ko‘tariladi.
Mazkur bosqichda aholi soni juda kam miqdor va sur’atlarda o‘sadi yoki qisqaradi.
To‘rtinchi fazada tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari tenglashadi, aholining
umumiy o‘sishi barham topadi.
22
Demografik o‘tish davri dastavval Yevropada XVIII asrda boshlandi. Shunda tabiiy
o‘sish 20-30 promillga teng bo‘ldi buni haqiqatdan ham demografik inqilob deb
atash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |