F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Dunyo mamlakatlari tipologiyasi, tashkil etish shakllari va siyosiy



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

3.2. Dunyo mamlakatlari tipologiyasi, tashkil etish shakllari va siyosiy 
tartiblar 
Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi shakllanishining qadimgi, o‘rta asr, yangi 
va eng yangi davrlarini ajratish mumkin. Hozirgi dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi 
ming yillar davom etgan insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Unda sodir 
bo‘layotgan miqdoriy o‘zgarishlari o‘z o‘rnini tobora ko‘proq sifat o‘zgarishlariga 
bo‘shatib berayotir va bular hozirgi davrning mohiyatini belgilab berayotir. 
Xamkorlik, hududiy muammolarni, tinch yo‘l bilan hal etish uchinchi ming yillikdagi 
eng asosiy maqbul yo‘ldir.
Hozirgi dunyoning ko‘p sonli mamlakatlarining o‘ziga xos va o‘xshash 
xususiyatlarini aniqlash uchun mamlakatlar tipologiyasidan foydalanish lozim. 
Haqiqiy 
tipologiya 
imkon 
boricha 
maksimal 
darajada 
ko‘rsatkichlarni 
differensiyalashni va unikal bog‘lanishlarni qidirishni talab qiladi.
Dunyo mamlakatlari tipologiyasini turli ko‘rsatkichlarga asoslanib amalga 
oshirish mumkin. Geografik xususiyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga 
ko‘ra dunyo mamlakatlarini tiplarga bo‘lish g‘oyat muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga 


18 
ega. Ular xalqaro qiyosiy taqqoslashga asoslanib amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlari ikki katta guruhga – iqtisodiy 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga, ularning har birida esa bir nechta 
kichik gurular ajratiladi.
Dunyo siyosiy xaritasining barcha siyosiy-geografik birliklari ikkita teng 
bo‘lmagan guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil (suveren) davlatlar; 2) boshqa davlatlarga 
turli shaklda qaram bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqaradigan hududlar. Suveren davlatlar 
davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega, ularning eng muhimi davlat tuzumi 
hisoblanadi. Ular respublika yoki monarxiya bo‘lishi mumkin. Dunyoning barcha 
davlatlari davlat tuzilishi xususiyatiga ko‘ra, unitar va federativ davlatlarga bo‘linadi. 
Siyosiy tartib (rejim) bo‘yicha dunyo mamlakatlari demokratik, avtoritar, totalitar 
tiplarga bo‘linadi.
Dunyo tuzilishining birlamchi elementi davlat hududlari hisoblanadi. Ular 
ma’lum mamlakatlar suvereniteti ostida bo‘lgan yer shari qismlaridir. Har bir 
mamlakat ularni boshqa davlatlardan ajratib turadigan quruqlik va dengiz 
chegaralariga ega bo‘ladi. Bu erda davlat chegaralarining daxlsizligi va yaxlitligi 
prinsipi asosiy funksiyani bajaradi: ajratuvchi va birlashtiruvchi. Xalqaro huquq 
boshqa davlatlarning chegaralarini buzishni ta’qiqlaydi. Davlat o‘rtasidagi barcha 
hududiy janjallar faqat tinch vositalar bilan hal etilishi kerak.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin