F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Nazorat topshiriqlari
1. Zoogeografiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
to ‘g ‘risida so ‘zlab bering.
2. Zoogeografiya fanining bo ‘limlari, tadqiqot va rivojlanish
yo ‘nalishlari to ‘g ‘risida tushuncha bering.
3. Qaysi fanlar zoogeografiyaning rivojlanishida muhim ahami­
yatga ega?
4. Zoogeografiyaning nazariy va amaliy ahamiyati nimalardan
iborat?
5. Zoogeografiyaning fan sifatida rivojlanishiga hissa qo ‘shgan
olimlar va ularning ishlari haqida nimalarni bilasiz?


I BOB. BIOSFERA VA UNING TARKIBI
1.1. Hayvonlaming biosferada tarqalishi
va yashash muhitlari
Biosferaning muhim tarkibiy qismi sifatida hayvonot dunyosining 
biosferadagi o‘mi va yashash muhitlarini har tomonlama o‘rganish 
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Insonning o‘zi ham biosferaning 
ajralmas qismi ekanligini inobatga olganda, mazkur masalaning dol 
zarbligi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson modda va energiya 
almashinuvi jarayonida hayvonot dunyosi bilan bevosita va bilvo- 
sita munosabatda bo‘ladi. Biosferaning har bir komponentini va ular 
orasidagi munosabatlaming mohiyatini tushunish kelajakda ekologik 
barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Biosferaning yil 
lik mahxsuldorligi, biomassasi va uning yer yuzida taqsimlanishini 
ilmiy asosda o‘rganish aziq-ovqat tanqisligi kabi dolzarb muammo 
lami ilmiy asosda hal etish imkonini beradi.
Dengizlar, okeanlar va yer yuzining quruqlik qismida hayvonlar- 
ning tarqalishini aniqlash, ulardan oqilona foydalanishning ilmiy 
asoslarini ishlab chiqish biologik resurslami muhofaza qilish va qayta 
ko‘paytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hayvonot dunyosi oziqa zanjirining asosiy tarkibiy qismi hamda 
moddalaming biogen migratsiyasi amalga oshishida muhim zveno si 
fatida alohida 9‘rinni egallaydi. Bu jihatdan olganda, yer yuzasining 
turli mintaqalarida uchrovchi hayvonlaming tur tarkibi va zichligining 
turlicha ko‘rsatkichga ega bo‘lishi har bir mintaqada modda va energiya 
almashinuvi jadalligining ham turlicha bo'lishiga sabab bo‘ladi.
Har birimiz biosferada, jumladan, o‘zimiz yashayotgan hududda 
hayvonot dunyosining tarqalishi, tur tarkibi, yashash muhitlari va 
hayvonot dunyosining ahamiyati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarga 
ega bo‘lishimiz zarur. Bu esa insoniyatning biosferadagi o‘z o‘mini
9


belgilashda, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona 
foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biosfera (grekcha bios - hayot, sphaira - shar, sfera) tushunchasi 
avstriyalik geolog E.Zyus (1875) tomonidan qoilanilgan. Biosfera 
tushunchasining to‘liq va chuqur talqini esa akademik V.I. Vemad- 
skiyning “Biosfera” (1926) nomli asaridabayon etilgan. Biosfera bar­
cha organizmlar va ulaming qoldiqlari majmuasidan iborat bo‘lgan, 
atmosfera, gidrosfera va litosferaning qismlari hisoblangan, tirik or­
ganizmlar tomonidan egallangan hamda ulaming o‘tmishdagi faoli 
yatlari natijasida shakllangan va termodinamik ochiq hudud sanalgan 
Yer planetasining maxsus qatlamidir (Kamshilov, 1980). Biosfera tu­
shunchasi barcha tirik organizmlar bilan bir qatorda ular yashaydigan 
muhit sharoitlarini ham o‘z tarkibiga oladi.
Hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiy qismlari sanalgan litosfera­
ning yuqori va atmosferaning pastki qatlamlari hamda butun gidro­
sfera tirik organizmlar tomonidan egallangan. Litosferada tirik orga 
nizmlar 4 km gacha (bakteriyalar) bo‘lgan chuqurlikkacha tarqalgan 
bo‘Isa, atmosferada bakteriyalar, spora va sistalar ozon ekranigacha, 
ya’ni 18-30 km gacha bo‘lgan balandlikda uchrashi qayd etilgan. 
Alohida pigmentlashgan bakteriya hujayralarining yer yuzasidan 
84 km gacha balandlikka ko‘tarila olishi kosmik apparatlardagi tad- 
qiqotlar natijasida aniqlangan. Okeanda esa hayot uning eng chuqur 
qismlarigacha (11 km) yetib borganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Tiriklikning, shu jumladan, hayvonot dunyosining asosiy biomas 
sasi biosferaning tor chegarasida jamlangan. Bu chegara litosfera, 
atmosfera va gidrosferaning, ya’ni biosfera qismlarining tutashgan 
joylariga to‘g‘ri keladi. Mazkur chegarada hayot uchun zamr bo‘lgan 
muhit omillari nisbatan optimal bo‘ladi. Bunday omillarga tuproq 
va havo namligini, yorug‘lik va ultrabinafsha nurlarini, harorat, bo 
sim, substrat va boshqalami kiritish mumkin. Mazkur omillaming 
o‘zi ham yer yuzasining turli hududlarida turlicha bo‘ladi va shunga 
mos ravishda har bir hayvonot dunyosi har xil sifat hamda miqdor 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
10


Hozirgi hisob-kitoblarga qaraganda, tirik moddaning umumiy 
biomassasi Yer massasining arzimas qismini, ya’ni 2420 mlrd. ton- 
nani tashkil etar ekan. Solishtirib qaraganda, bu miqdor gidrosfera 
massasining 602500 dan bir qismini tashkil etadi. Bir qarashda bu 
ko‘rsatkich juda kichik ko‘rinsa-da, biosferaning mavjudligi va uning 
o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlash uchun yetarlidir.
Biosferadagi organizmlar oziqlanish usuliga ko‘ra o‘zaro farq- 
lanuvchi produtsent, konsument va redutsentlardan tashkil topadi. 
Hayvonot dunyosi konsumentlaming asosini tashkil etadi. Kon 
sumentlaming ahamiyatini, ulaming ekosistemalarda va umuman, 
biosferada modda va energiyaning biogen aylanishida tutgan salmoq- 
li o‘mi bilan tushuntirish mumkin. Moddalaming biogen migratsi 
yasi esa har qanday ekosistemaning mavjudligi va barqarorligini 
ta’minlaydi.
Ma’lumki, o‘simliklar dunyosi hayvonlar hayotida turli-tuman 
ahamiyat kasb etadi. Har qanday ekologik jamoadagi hayvonlaming 
tur tarkibi, zichligi va biomassasi ushbu jamoadagi o‘simliklar qop- 
lamining turli-tumanligi va biomassasi bilan bog‘liq. Shu nuqtayi 
nazardan qaraganda, o‘simliklar qoplami hayvonot dunyosining 
biosferada tarqalishi va mavjudligini belgilovchi muhim omildir. Shu 
bilan bir qatorda, har qanday jamoadagi hayvonlaming tur tarkibini 
belgilashda relyef va tuproq tarkibi kabi omillar va boshqa xususiyat 
lar ham muhim o‘rin egallaydi. Yuqorida qayd etilgan omillar hayvo 
not dunyosining u yoki bu biogeotsenozda nafaqat mavjudligi, balki 
tarqalishini ham belgilaydi.
Yer yuzining quruqlik mintaqalaridagi organik dunyo suv muhit 
lariga qaraganda tur soni bo‘yicha ancha ustun turadi. Agar quruqlik 
da butun hayvonot dunyosining 93 %i uchrasa, suv muhitida atigi 3% 
uchraydi. 0 ‘simliklar olamida ham turlaming 92%i quruqlikda, 8%i 
suv muhitida uchrashi qayd etiladi. Bunday muvofiqlik o‘simlik va 
hayvonot dunyosining tarqalishi o‘zaro o‘xshash qonuniyatlar asosi 
da kechishini ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan nisbatlar, suv muhitiga 
qaraganda qumqlikda tur hosil bo‘lish jarayonlari samarali kechgan-
11


ligini, quruqlikning yashash uchun ancha qulayligini ham isbotlaydi. 
Biosferada hayvonot dunyosining biomassasi va uning taqsimlanishi 
to‘g‘risida tasawur hosil qilish uchun quyidagi jadvalni tahlil qilish 
maqsadga muvofiq (1-jadval).

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin