suv va suv oldi hayvonlari uchun xos bo‘lib, chuchuk suv baliqlari- ning areallari bunga yaqqol misol bo‘ladi. Amudaryo va Sirdaryoda uchraydigan osyotrsimonlarga mansub bo‘lgan soxta kurak burun baliqlar cho‘ziq areallami hosil qiladi; e). hamkor yoki qo'shilgan areallar. Bunday areallar ikki va undan ortiq turlaming o ‘zaro biotik munosabatlari natijasida shakl- lanadi va shu asosda hamkor yoki qo‘shilgan areal deb yuritiladi. Bunday arealning chegaralari o ‘zaro hamkorlikda yashovchi turlar areali chegaralari bilan aniqlanadi. Ayniqsa, turlar orasidagi trofik munosabatlar bu turdagi areallaming shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Hamkor yoki qo‘shilgan areallar yirtqich - o‘lja yoki parazit - x o ‘jayin tipidagi munosabatlar natijasida shakllanadi. Jumladan, yo ‘lbars va yovvoyi cho‘chqa orasida hamda suvsar va ol maxon orasida yirtqich - o ‘lja tipidagi, oleandr kapalagi va oleandr o ‘simligi, Afrika palma burguti va palma daraxti, kedrovka qushi va kedr daraxti orasida fitofag - o ‘simlik tipidagi trofik munosabat lar kuzatiladi. Parazit-xo‘jayin tipidagi munosabatda agarda para zit faqat bir turda parazitlik qilishga moslashgan bo‘lsa, parazitning areali uning x o ‘jayini areali bilan bir xil chegarani egallaydi. Bunga bezgak paraziti, qoramol gelmintlari, se-se pashshasi, parazit kana lar va boshqalar yaqqol misol bo‘ladi. Xuddi shunday monofaglar ulaming yagona oziqasi sanalgan o ‘simliklar o ‘sadigan joylardagina uchraydi, xolos. Ammo monofaglaming areali uning oziqasi bo‘lgan o ‘simlik arealidan kichik bo‘ladi, chunki hayvonlaming tarqalishida birgina omil, ya’ni oziqagina hal qiluvchi o ‘rin egallamaydi, bu yer- da boshqa omillar ham (harorat, boshpana, turli biotik munosabat