Musiqiy ta'lim tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyasining o'rni Musiqiy qobiliyatlar bir butun jarayon ko'rinishida rivojlanayotgan bo'lsada, shunga qaramay har bir qismni ketma-ketlikda qanday shakllanishi yoki konkret musiqiy asar misolida ko'rib chiqishimiz mumkin.Kuyni xis qilish va tovush balandligini eshitishni rivojlanishini ketma-ketligi. Asarni eshitish jarayonida registlar ifodaligini mohiyatini anglash (misol uchun "Bahor valsi" va "Andijon polkasi"). Ritm xissiyotini rivojlanish ketma-ketligi. Musiqada metr qismlarini bir meyorida tarqalishini qayta tiklash va tinglash (musiqa ostida xarakat qilish, oddiy musiqa asboblarida chalish).Musiqiy shakl xissiyotini (butunlik xissiyoti) rivojlantirish ketma-ketligi.Shakl xissiyoti bu erda elementar musiqiy tuzilishlar haqida musiqaeshitishni shakllanishini kompleks ko'rinishi nazarda tutiladi va ifodalilikvositalari, qismlarni kompazitsion bir butunlikda qabul qilinadi.Bunda bolalar e'tiborini ashulalardagi musiqa tilini elementlarga (bo'laklarga) qaratish zarur; bu bilan birga nota yozuvlari bolalar musiqa asboblari yordamida sodda xarakatlarini qo'llash tavsiya etiladi.Bolalarda musiqiy davrni bosqichlarga bo'lish hissini kuchaytirish, musiqa ostida harakat qilish, bolalar musiqa asboblarida chalishni taklif etish, ashula va pesalarni musiqa bilan kuzatish (misol uchun ritmik to'xtash, yoki ularni boshlanishini aniq jumlalar bilan belgilash) maqsadga muvofiqdir.Tinglash uchun pesalarni o'quvchilarni o'qituvchi bilan birgalikda ijro etishda ifodalilik ustida ish olib borishda asosiy kulminatsiya, musiqa va kuyni his etishni kuchaytirish ishlarini olib borish tavsiya etiladi. Asarni ijro etganda va tinglaganda ularni mazmuniy ifodaliligi rivojlantirishda (qaytarish- takrorlash, variatsiyalash, keskin farq qiluvchanlik) his etishni kuchaytirish ishlarini olib borish va shakllantirish. Intonatsiyani ifodali mazmunini, uni musiqiy "bayonida" tutgan asosiy o'rni haqidagi taassurotlarini shakllantirish.Intonatsiya haqidagi taassurotlarni musiqiy fikrni bayon etish (tanish ashulaga bastalangan kuyni variatsiyalarni oddiy musiqiy asboblarda ijro etish misolida) haqidagi ong, tafakkurni shakllantirish.Musiqiy obrazni, hayotiy ko'rinishlarni musiqa vositalari orqali aks ettirishni (misol uchun xalq kuylaridagi -hajviyalar) shakllantirish. Musiqiy asarlarni mazmun yuklamasi va tuzilishi haqidagi tassurotlarni shakllantirish:
turli obrazlarni (to'ldiruvchi va qarama qarshi turuvchi) taqqoslash vositasi ko'rinishdagi oddiy ikki qismli shakl; ikkinchi qismni mazmun jihatidan "ish nima bilan tugadi" savoliga javob berib, ustun turishi (masalan, B. Umidjonovning "Oqshomda" asari);
oddiy uch qismli shakl; oxirgi qismlarni mazmun jihatdan ustun turishi; birinchi qismdagi obrazni 3-qismda tasdiqlanishi (misol uchun L. Betxovenning "Quvnoq", "G'amgin" asarlari)
band shakli bir qismli yoki ikki qismli musikiy tuzilishni ko'p marta takrorlanishi; ashula repertuarini ifodali ijro etishda yoki о'rganish jarayonida band shaklini o'rganish; xor jamoalarni chiqishlari yozilgan tasmalarni tinglash;
rondo, referenni mazmunan yuklanishi, rondoda keskin qarama qarshilik printsipi; "Dilorom", "Oshiq G'arib va Shoxsanam" operalari misolida rondo shakllarini ifodaliligini ochib berish;
o'zgaruvchanlik shakli; o'zgaruvchanlik mavzuni o'zgartiruvchi usul sifatida; janr xususiyatlarini o'zgartirish (misol uchun "Yallama yorim"o'zbek xalq bolalar ashulasi, "Oq terakmi ко'к terak"uyin va boshqalar).
Bu usullar mavzularni yaxshiroq eshitishga yoki taqqoslashga asarni bosh g'oyasini tushunishga va his qilishga yordam beradi. Shu tariqa, yuqorida bayon etilgan musiqiy qobiliyatlarni shakllanish ketma-ketligi quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo'la oladi. Yuqorida bayon etilgan ketma ketlik aniq bir mantiqiy aloqani shakllanishiga imkon yaratadi. Bu aloqa musiqa ijro etish majburiy bosqichlarini saqlab qolishga qaratilgan asosiy talablarni ta'minlab beradi.Bo'lajak musiqa o'qituvchilarni ijrochilikqobiliyatlarini maksimal darajada faollashtirish uchun, biz ko'rib chiqilayotgan muammoni umumta'lim maktabga yo'naltirilgan va u bilan aloqada bo'lgan holda ko'rib chiqishimiz lozim. Umumta'lim o'rta maktablardagi musiqa darslari musiqani sevuvchi, fikrlovchi g'oyalar chuqurligini his etuvchi, xalq, zamonaviy va klassik asarlarni eng yaxshi namunalardagi kechinmalar, his tuyg'ularni sezuvchi tinglovchini tayyorlashga qaratilgan. Shuning o'quvchilarni musiqiy tarbiyasining asosiy vazifasi ularda musiqiy anglashni rivojlantirish hisoblanadi.Ba'zida, yuqori sinf o'quvchilari ijrosidagi qo'shiqni tinglashga tayyorgarlik ko'rgan payti, asar haqida berilgan bir yoki ikki jumlali ma'lumotlar bilan bir qatorda, o'quvchilarni e'tiborini musiqiy obrazni chuqur tushunishga yo'naltirilgan usullarni qo'llash mumkin.Misol uchun F. Nazarov musiqasiga bastalangan "Paxtaoy" qo'shig'i (V-sinf). Uni tinglashdan oldin o'quvchilarga savollar yoki topshiriq berish foydali. Bunday misollar asarni butunlay uning xususiyatlari bilan, diqqat bilan tinglashga yordam beradi, o'quvchilarda mustaqil faoliyat yuritishga qiziqish uyg'otadi, kuy bastalashga va uni o'rganib chiqishga undaydi.Boshqa, yana bir bosqich- ashulani ko'rsatish. Uning vazifasi-tinglanayotgan asarga xos muxit yaratishdan iborat. Bolalarda musiqa tinglash jarayonida ularni tasavvurini, hissiy javob berish, obrazli fikrlash va aniq muloxaza yurita olishni tarbiyalash zarur. Ashula namoyishi-ma'suliyatli harakatdir. Bu erdagi asosiy talab- o'quvchilar o'rganishi kerak bo'lgan asarni artistlarga xos, xis-to'yg'uga boy, ifodali ravishda namoyish etishdir. Ijro o'quvchilarda badiiy taassurot, asar variatlarini birini namoyish etish hohishi, ba'zi bir ijrolarga taqlid etish hoxishini paydo bo'lishiga yordam berishi zarur.Ashula namoyish etishning turli yo'llari bor. Birinchisi- bu o'qituvchining o'zi ashulani ijro etib berishidir. Bu bolalarni musiqaga qiziqtirishning eng samarali usulidir. O'qituvchi ashula namoyishiga diqqat bilan tayyorgarlik ko'radi: ashulani yod oladi, birinchi ijro uchun bandlarni tanlaydi, ashulaning musiqiy mazmunini tushuntirish yo'llarini aniqlaydi. Bundan tashqari o'qituvchi o'z ovozini jaranglashiga ham e'tibor berishi zarur.Yangi asar bilan tanishishning boshqa bir turi - bu yaxshi kuylay oladigan o'quvchilarni shu ashulani ijro etishidir. Bunday sharoitda o'qituvchi ularning chiqishini oldindan tayyorlaydi.Ko'pgina o'qituvchilar grammyozuvdan (solist yoki bolalar xori) foydalanadilar.Bunday uslubni qo'llash mumkin, lekin grammyozuv o'qituvchi ijrosida tinglansa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Shunda bolalar mustaqil ravishda u yoki bu ijroning xususiyatlarini taqqoslash, ularga yoqqan ijroni tanlashga, bir so'z bilan aytganda eshitgan narsani chuqur tahlil qilishga imkoniyat yaratiladi (misol uchun ijrolarda o'xshash va qarshilik tomonlarni aniqlash).O'quvchilarni yangi ashula bilan tanishtirishni yana bir uslubi bor, ya'ni asar ijrosi paytida uni notalar asosida kuyini va so'zlarni kuzatish. Bunday uslub ikki va uch ovozli kuylarni namoyish etishda yaxshi natija beradi. Ba'zida aytilgan uslub kichik yoshdagi (sinflardagi) bilan ish jarayonida ham qo'llaniladi. Bunda ko'rgazmali qurollar sifatida kuyni grafik yozuvi qo'llaniladi.Umumiy qilib aytganda tahlilni turli xil ko'rinishi ashula o'rganishga qaratilgan bo'lib, shu bilan birga o'quvchilarni qanchalik diqqat e'tibor bilan musiqani tinglaganliklari uni tushunganlik darajasini, javoblarida ularni qanday qo'llay olganliklarini ko'rsatadi.Maktabga o'quvchilar turli tayyorgarliklar bilan kelishadi, shu bois ularni musiqiy ta'ssurotlari ham rang-barangdir.Ular bolalar bog'chasida ko'rgan kino, radiodan , kattalardan eshitgan- ashulalarni xirgoyi qilishadi.Ko'p hollarda bu asarlar quvnoq, hayotbaxsh, musiqa va she'rlari bilan diqqat e'tiborni jalb etishadi. Bolalarni musiqiy qiziqishlari turg'un emas.Bunga tez o'zgaruvchan kattalarga taqlid sababdir.Shuning uchun o'qituvchi oldida katta ma'sul vazifa-o'z tarbiyalanuvchilariga mustaqil ravishda ega bo'lgan ta'ssurotlarida chama (orientr) olishni o'rgatish turadi.Lekin, turli-tuman musiqani tushinish bolaga qiyinchiliklar tug'diradi. Musiqani yaxshi tushinish uchun tovush va tovush birliklarini xususiyatlarini, ularni o'zgarishini, musiqadagi fikr va xissiyotlarni tushina bilish zarur. Musiqani tushinish qiyinchiliklari shundan iboratki turli bastakorlarni musiqa tili o'z xususiyatlariga (individuallik, milliy, tarixiylik) ega. Ana shu xususiyalarni bolalar ajrata bilishlari kerak.Musiqaga bo'lgan qiziqishni shakillantirishni birinchi darslardanoq boshlash zarur. Kech boshlangan jarayonda jiddiy musiqaga nisbatan salbiy munosabatlar paydo bo'lishi va bu munosabatlarni engish, o'qituvchiga qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.Bolalar turli bastakorlarni turli asarlarini qanchalikga tez-tez tinglab tursalar, shunchalik ularni ijodiga qiziqish uyg'onib, ularni asarlarini boshqalar ichidan ajratib oladigan bo'ladilar.