Fakultet: Ijtimoiy-iqtisod Yo’nalish: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Guruh


II BOB Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda yangi pedagogik texnalogiyalar qo’llashning ahamiyati



Yüklə 181,51 Kb.
səhifə9/15
tarix24.03.2023
ölçüsü181,51 Kb.
#89739
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Toshpo\'latov Baxtinur

II BOB Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda yangi pedagogik texnalogiyalar qo’llashning ahamiyati
2.1 Axborot texnalogiyalaridan ta’lim jarayonini tashkillashtirishda foydalanish
Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng islohatlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O’quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim muassasalarida va keying bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitish davrida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnalogiyalari” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu fan, birinchidan umum ta’lim fanlardan biri bo’lib hisoblansa, ikkinchidan fan doirasida olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar bo’lg’usi kasbiy faoliyatlarida qo’llay olishlari kerak. Shuning uchun, ta’lim tizimidagi har qanday umum ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Informatika va axborot texnologiylari” fanidan ham o’qitishning samaradorligini oshirish uchun kelgusida biz kasbiy faoliyatimizda o’quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo’yishimiz, o’qitishdan kuzatiladigan natijani belgilashimiz va o’quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishimiz lozim.
 Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta’lim texnologiyalari tarkibini samarali usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta’lim muhitini shakillantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatadi. Axborotlarni avloddan-avlodga uzatishning ahamiyati ta’lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir. Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig’ish, qayta yig’ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste’molchiga foydalanishga qulay holga keltirsh jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma’lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatishni o’z ichiga oladi. Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug’i bo’lmasdan, balki ular ta’lim, tarbiya, san’at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo omil bo’la oladi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari esa o’z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko’rgazmaliligi, ya’ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta’lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o’quvchilarda ta’limga bo’lgan qiziqishni va bilim olishga bo’lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar (motiv) ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o’stirishga, uni qo’ya bilishni o’rgatishdan iborat. Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo’lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlar qilishni o’z ichiga oluvchi jarayon bo’lib, u ta’limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko’rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma’qul yo’llarini ta’minlab beradi:
- manba va unda kechadigan jarayon to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;
- jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma’lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.11
Eng so’nggi texnik yutuqlar ko’pincha ta’lim jarayonida o’zining munosib o’rnini egallagan, bu ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas.O’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o’qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta’minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Xulosa qilib aytish kerakki zamonaviy axborot texnologiyalari qo’llanilayotgan bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. O’quvchi- yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o’rgatish, ularda o’z faoliyat sohasida yangi axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanish o’rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushunib olishga , bilim ko’nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi. Yana shuni aytish mumkin, ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish darslarning mazmunli tashkil etilishi va talabalarda o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish hamda mustahkam bilim olishlariga yordam beradi.

  1. yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda. 2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi. Ular ozida quyidagi bolimlarni qamrab olgan: Elektron va masofaviy texnologiyalar— ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir. Elektron ta’lim (E-Learning) — avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin. Sinxron elektron ta’lim — masofaviy ta’lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir. U oddiy kunduzgi ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi. Kundan-kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim shaklining eng yorqin ko‘rinishidir. Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi. Sinxron elektron ta’lim — bu talaba barcha kerakli ma’lumotni onlayn manbalardan yoki elektron axborot tashish vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish kurslari, ostkastlar vaskrinkastlar kiradi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pchilik OTM’larda ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham o‘z o‘rnini topgan, ba’zi korporatsiyalarda bo‘linmalar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir. Masofaviy ta’lim texnologiyalari — masofaviy ta’lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin.

Masofaviy ta’limning afzalliklari, masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud. Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati— chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi. O‘qish va ishni birga qo‘shib olib borish— o‘quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo‘l keladi. Sifatli texnologiyalar va o‘quv mazmunini egallash— talaba sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqat qilishi va o‘z individual o‘quv rejasini tuzishi mumkin. Baholashning xolisligi— masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo‘lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni ko‘zda tutadi. Ta’limda individual yondashuv— o‘zgaruvchan grafik, ish va o‘qishni birga qo‘shib olib borish, shuningdek, o‘zlashtirilayotgan materialni ma’lumotni individual o‘zlashtirish tezligiga moslash masofaviy ta’limni barcha uchun qulay qilib qo‘ymoqda. Zamonaviy gumanitar akademiya— masofaviy ta’limdagi yetakchilardan biridir. Bu innovatsion OTM bo‘lib, u dunyoning turli burchaklarida talabalarga o‘z yashash tarzini o‘zgartirmasdan, arzon narxlarda sifatli elektron ta’lim olish imkonini beruvchi elektron ta’limdir. Yuqoridagi sanab otilgan barcha malumotlar albatta ta`lim sifatini rivojlanish, unda elektron axborot resurslarning roli haqida fikr yuritilgan. Xozirda ushbu vositalar ayniqsa kompyuter vositalararsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Chunki ushbu qurilmalar orqali amallarni bajaryapmiz. Shuningdek, texnologiyalar orqali asosan talim jarayonlarida qollanilishi hozirda keng tarqalmoqda. Dars jarayonlarida multimedion majmualar yasash va uni oquv jarayonlarida joriy qilish muammolari korilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-mayda qabul qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorda kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz salohiyatini oshirishning demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishning muhim shartlaridan biri sifatida belgilandi. XXI asrning har bir ma’rifatli, ziyoli kishisi albatta, axborot texnologiyalarini yaxshi egallagan bo’lishi shart. Binobarin, aksariyat hollarda, inson faoliyati uning axborotga ega bo’lganlik darajasi, ushbu axborotlardan samarali foydalana olish qobiliyatlariga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ixtiyoriy soha bo’yicha zamonaviy mutaxassis vaqt sayin oshib borayotgan axborot oqimida bemalol yo’l topa olishi uchun, u kompyuterlar, telekommunikatsiya va boshqa aloqa vositalari yordamida tegishli axborotni ola bilishi, qayta ishlay hamda ulardan foydalana olishi kerak. Axborot texnologiyalari hozirgi kunda insonlar ish faoliyatining samaradorligi va ish unumini oshiruvchi vosita sifatida qaralmoqda.

Yüklə 181,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin