Fakultet: Ijtimoiy-iqtisod Yo’nalish: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Guruh


Masofadan boshqarishda o'yin texnikasi



Yüklə 181,51 Kb.
səhifə8/15
tarix24.03.2023
ölçüsü181,51 Kb.
#89739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Toshpo\'latov Baxtinur

Masofadan boshqarishda o'yin texnikasi


Ular zamonaviy maktabgacha ta'limning haqiqiy asosidir. GEFni hisobga olgan holda, chaqaloqning shaxsiyati birinchi o'ringa chiqadi. O'yin davomida bolalar turli xil hayotiy vaziyatlar bilan tanishadilar. O'yinlar ko'plab funktsiyalarni bajaradi: ta'lim, kognitiv, rivojlantiruvchi. Innovatsion o'yin mashqlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarga ob'ektlarning ayrim xususiyatlarini ajratib ko'rsatishga, ularni bir-biri bilan solishtirishga yordam beradigan o'yinlar;

  • ob'ektlarni tanish belgilariga ko'ra umumlashtirish;

  • bolalar haqiqatni fantastikadan ajratishni o'rganadigan mashqlar

Inklyuziv ta'lim


So‘nggi yillarda ta’lim jarayoniga joriy etilgan yangiliklar tufayli sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bo‘lgan bolalar to‘laqonli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Ta'lim vazirligi inklyuziv ta'limning barcha nuanslarini ko'rsatadigan milliy loyihani ishlab chiqdi va sinovdan o'tkazdi. Davlatimiz nafaqat bolalar, balki ularning ustozlarini ham zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash g‘amxo‘rlik qildi. Skype yordamida o'qituvchi masofaviy darslar o'tkazadi, uy vazifalarini tekshiradi. Ushbu turdagi trening psixologik nuqtai nazardan muhimdir. Bola nafaqat ota-onalarga, balki o'qituvchilarga ham kerakligini tushunadi. Tayanch-harakat apparati, nutq apparati bilan bog'liq muammolari bo'lgan, oddiy ta'lim muassasalariga bora olmaydigan bolalar individual dasturlar bo'yicha repetitorlar bilan ta'lim olishadi.


1.2 Tarbiya fanini o’qitish metodikasi, fanning asosiy maqsad va vazifalari
Hozirgi davrda mamlakatimizda Tarbiya ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dastur‖ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilganligini keltirish kifoya.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma‘naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta‘minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, 
uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma‘rifiy hayotida faol ishtirokini ta‘minlashga qaratilgan barcha ta‘sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo‘libgina qolmay, uning yetakchi g‘oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o‘z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta‘limga nisbatan kengroq bo‘lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va Tarbiya muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta‘lim olish bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ta‘lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma‘naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: ―Albatta, ta‘lim – tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim ...
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma‘naviy – tarixiy jarayonida 
samarali foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak ma‘naviyatli etib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda Tarbiya ishlarni to‘g‘ri tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
- faoliyat maqsadini amalga 
oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o‘qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta‘minlash muhimdir.7

Tarbiya jarayonini tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko‘p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog‘liq. Ular quyidagi omillarni qo‘llash asosida vujudga keladi:
- Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir;
- Tarbiya ishlarning maqsadi, aniqligi va ta‘sirchanligi. Tarbiya jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
- Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning 
ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bo‘lishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, Tarbiya tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, Tarbiya ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
- O‘quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiya tadbirlarni tashkil qilishda o‘quvchi yoshlarning faolligi ko‘p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog‘liq;
- Tarbiya ishlar ta‘lim jarayonida olgan bilimlariga uyg‘un bo‘lishi. Tarbiya ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiya ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol 
avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy g‘oyani singdirishda har tamonlama ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, o‘z qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta‘kidlanadi. Ta‘lim to‘g‘risida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi. Ma‘lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga tarbiya berish, ularga ta‘lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O‘qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta‘lim muassasalari oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari Tarbiya ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.
Har bir fanning predmeti, o‘rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud bo‘lganidek, Tarbiya ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o‘rganish obyekti va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari bor. Tarbiya ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda , sinfdan va maktabdan tashqari Tarbiya ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yo‘nalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 avgust kuni bo'lib o'tgan xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida “Tarbiya” fanini yaratish va o'qitish tashabbusi bilan chiqdi. Davlatimiz rahbarii maktablardagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, «Milliy g'oya», «Odobnoma», «Dinlar tarixi», «Vatan tuyg'usi» kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona «Tarbiya» fanini joriy qilish zarurligi qayd etdi.8
Prezidentimiz ushbu yig'ilishda ta'lim va tarbiyaga doir bir qator yangi g'oya va tashabbuslarni ilgari surdi, – deydi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov. – Xususan, mamlakatimiz rahbarining Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida tuzilma tashkil etilishiga doir tashabbusi jamoatchilik tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda.9
Shuningdek, maktablarda «vazir soati», «tadbirkor va bankirlar sabog'i» kabi dars amaliyotlarini joriy qilish hamda ularda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o'tishi bilan bog'liq talab ham nihoyatda hayotiydir. “Tarbiya” fanini yaratish va o'qitish tashabbusi ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. Fikrimizcha, yangi fanning asosini, birinchidan, o'zbek tilini bilish ustuvor vazifasi, ikkinchidan, xalq og'zaki ijodini chuqur o'rganish tashkil etishi lozim. Nega deganda, davlat tili bilan xalq og'zaki ijodi milliy g'oya va tarbiyaning ham asosidir. Xalq og'zaki ijodida vatanparvarlik, adolat, millatparvarlik, insonparvarlik, yurtsevarlik, el-yurtni himoya qilish, Vatanga sadoqat va muhabbat kabi xislatlarni o'zida jamlagan milliy dunyoqarashning asosiy unsurlari o'z mujassamini topgan. Xalq og'zaki ijodi – milliy g'urur, or-nomus va qadr-qimmat, vafo va sadoqat, jasorat va matonat, olijanoblik va saxovatpeshalik, bag'rikenglik va halollik kabi fazilatlar sandig'i. O'zbek xalq og'zaki ijodi yodgorliklari – bizning ham tarixiy, ham ma'naviy, ham madaniy, ham huquqiy merosimizdir.
O'z navbatida, «Huquqiy tarbiya» mavzusi «Tarbiya» fanining uzviy qismi bo'lishi kerak, deb hisoblaymiz. Bu fikrga kelishimizning muayyan sabablari bor.
Gap shundaki, o'tgan yili «Parlament nazorati to'g'risida»gi qonunning 15-moddasida belgilangan deputatlik so'rovi asosida tegishli (8 ta ) vazirliklar tizimidagi ta'lim muassasalarida «Konstitutsiya alifbosi», «Konstitutsiya saboqlari», «Konstitutsiyaviy huquq», «Inson huquqlari», «Davlat va huquq asoslari» kabi o'quv predmetlari bo'yicha bilim berilishining mavjud holatini o'rgangan edik.
Bu boradagi tahlillar aynan Xalq ta'limi vazirligi tizimida eng jiddiy muammo va kamchiliklar mavjudligini ko'rsatdi. Xususan, maktab o'quvchilari yoshi nuqtai nazaridan, qonunchilik talabiga binoan «bola» deb hisoblangani holda, Xalq ta'limi vazirligi tizimida «Inson huquqlari – bola huquqi» predmetidan mutlaqo dars o'tilmayapti. Huquqqa doir fanlarni o'qitishda bir maktabda ushbu fandan bir stavka hajmda ham pedagogik yuklama yig'ilmaydi. Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalariga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, inson huquqlariga doir xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish singari mavzulardagi darslar alohida o'quv predmeti sifatida o'qitilmaydi. Bundan tashqari, o'rganilgan vazirliklar ta'lim tizimlarida huquq fanlarini o'qitish bo'yicha huquq ta'limi metodikasiga doir ilmiy tadqiqotlar yetarli emas. Keyingi o'n yil ichida mazkur fanni o'qitish metodikasiga doir bironta ilmiy tadqiqot ishi – na nomzodlik, na doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinmagan. Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun «Huquqiy fanlarni o'qitish nazariyasi va metodikasi» nomli darslik yaratish ehtiyoji mavjud va nihoyatda dolzarb bo'lsa-da, bunday darslik haligacha mavjud emas. Bo'lajak o'qituvchilar huquq fanining nazariy asoslarini chuqur o'rgangan holda, mazkur fanni o'qitish metodikasiga oid malaka va ko'nikmaga ega emasligi kurslar va huquq fanlarini o'qitish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Adliya vazirligi tizimidagi akademik litsey va kollejlarda huquqqa doir fanlar doirasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalar o'quvchilarni amaliyotda mehnat faoliyati olib borish, ularda yetarli darajada mutaxassis ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatini bermaydi.
Shu bois ana shu maqsad va vazifalarni nafaqat nazariy bilimlarni shakllantirish, balki bo'lajak amaliyotchilarga zarur bo'lgan ko'nikmalarni, xususan, yuridik yozma fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qila olish kabi kasbiy uquvlarni shakllantirish nuqtai nazaridan yangi o'quv dasturlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.10
Ma'lumki, O'zbekistonning milliy davlatchiligi huquqiy asoslarini ishlab chiqish va shakllantirish hamda huquqiy siyosatni amalga oshirishda huquqshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida yetakchi mavqeini egalladi. Shu bilan birga, yuridik fan sohasida yig'ilib qolgan jiddiy kamchiliklarning samarali yechimiga alohida e'tibor berish lozim. Zero, istiqlol yillarida ijtimoiy munosabatlarning tezkor rivojlanishi yuridik amaliyotning yuridik fandan oldinga o'tib, ilgarilab ketishiga olib keldi. Bugun yuridik fan va yuridik amaliyot daryoning ikki qirg'og'ida yurgandek, go'yo. Shubhasiz, fan ham nazariy xulosalar yaratishi, ham amaliy takliflar berishi, shuningdek, jamiyatning huquqiy taraqqiyoti istiqbollarini bashorat (prognoz) qilishi, amaliyot esa yangi g'oyalarni hayotga joriy etishi kerak. Shuning barobarida, yuridik ta'lim bilan yuridik amaliyot o'rtasida uzviy bog'liqlikni ta'minlash vazifasi ham jiddiy muammolardan biridir. Oqibatda, bir tomondan, yuristlar ko'pdek tuyulsa, ikkinchi tomondan, soha bo'yicha yurist kadrlar yetishmasligi yuzaga kelgan. Bundan tashqari, yuridik ta'lim tizimidan zarur bazaviy yuridik fanlarning yo'nalishlari asossiz chiqarib tashlanmoqda. Bu yerda falsafaning inkorni inkor qonuni yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Yuridik ta'lim tizimi yuridik amaliyot ehtiyojidan kelib chiqishi lozim. Sodda qilib aytganda, “Bugungi kunda O'zbekistonga qancha yurist kerak?” yoki “Qaysi mansab lavozimlarida faqat yuristlar ishlashi shart?”, degan savollarga aniq va tahliliy javoblar bo'lishi darkor. Hozircha esa bunday o'zak savollarga aniq
javoblarni hech kim bilmaydi.
Yana bir fikr: yuristlar iqtisodiyot asoslarini, iqtisodchilar esa huquqni, qonunlarni puxta bilishlari zarur.
Bir so'z bilan aytganda, yuridik fan sohasida tizimli islohotlar o'tkazish – bugungi davr talabidir. Xususan, “Konstitutsiyaviy iqtisodiyot” o'quv fanini iqtisodiyot va huquq yo'nalishlaridagi oliy o'quv yurtlarida o'qitishni yo'lga qo'yish islohotlar hozirgi bosqichining taqozosidir. Butun dunyoda yuridik fan ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida yetakchi o'rinni egallaydi. O'zbekistonda ham shunday yuksak mavqega erishilishini ta'minlash kerak.

Yüklə 181,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin