2.5. Qatlamga termokimyoviy ta’sir qilish. Qatlamlarniig neftberaolishligini maksimal darajada oshirish maqsadida ularga issiqlik usullari bilan ta'sir qilish borasida 50 yilga yaqin vaqt davomida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Neft qatlamlariga ta'sir qilishning barcha issiqlik usullarining moqiyati quyidagidai iborat, qatlam jinslarini va uni to'ldiruvchi suyuqliklar qizdirilganda qatlam neftining qovushqoqligi va «neft-jins» chegarasida sirt-tortishuv kuchlari kamayadi. Buning bilan esa qatlam qovaklaridagi neft to'laroq siqish uchun sharoit yaratiladi.
Neftqatlamlariga issiqlik bilan ta'sir qilishni turli usullar orqali amalga oshirsa bo'ladi:
1) qatlamni gazlashtirish, shuningdeq yuqoridan havo yoki gaz-havo aralashmasini uzatib turish orqali qatlam ichra qarakatlanuvchi yonish o'choqini yuzaga keltirish bilan (qIHYOO').
2) qatlamga issiq suv, bug’ va boshka issiqlik tashuvchilarni haydash. qatlamga haydash uchun issiqlik tashuvchi sifatida qaynoq suv, suv bug’i, bug’gaz aralashmasi va b. ho’llaniladi. qatlamga ko'p miqdorda issiq suv haydalganda isitilgan hudud’ ham haydovchi quduqdan bir qancha uzoqroq masofaga tarqaladi. qatlam haroratini ko'tarilishi qovushqoqlikni pasayishiga, sirt-molekulyar kuchlarni o'zgarishiga va qatlam suyuqliklarini hajmini kengayishiga olib keladi. Neftning qovushqoqligi kamayishi uning qarakatchanligini ko'paytiradi. haroratni ko'tarilashi bilan kollektor jinsning minerallarini suv bilan ho’llanuvchanligi oshadi. qatlam suyuqligining va skeletining hajmiy kengayishi qatlamdan olinadigan neftmiqdorini oshishiga olib keladi. Bu omillarning barchasi ohir oqibatda qatlamning neftberaolishligini oshishi bilan yakunlanadi. Suvneftga to'yingan qatlamga qaynoq suv haydalganda suv o'z issiqligini qatlamga berib soviydi. Bunga mos holda haydovchi va oluvchi quduqlar orasidagi qatlam hudud’ini shartli ravishda uch hudud’ga bo'lsa bo'ladi: 1) qaynoq suvlar; 2) sovigan suvlar (qatlam haroratidagi suvlar); 3) harorati qatlam haroratiga teng bo'lgan neftlar (yuqori neftga to'yingan hudud’).