II. Qovushqoqligi yuqori bolgan neft konlarini ishlatish xususiyatlari. 2.1. Qazib chiqarishning issiqlik metodi. Neft konlarini qazib chiqarishning issiqlik metodi turlicha ko’rinishdagi ikkita prinsipga bo’linadi. Birinchi, qatlam ichi yonish jarayoniga asoslangan bo’lib, damlovchi quduqlarning quduq tubi zonasida koksli qoldiqlarning yonishini ta‟minlash yo’li bilan vujudga keltiriladi (odatda TEN turidagi –quduq tubinini qizdiradigan qurulmadan foydalaniladi), bunda damlovchi quduqlar orqali havo (quruq yong’in uchun) yoki havo va suv (nam yong’in uchun) hadash yo’li bilan yong’in fronti ko’chiriladi. Ikkinchi, chet elda ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi bu neftli qatlamda issiqlik tashuvchi haydashga (yer yuzasidan) asoslangan [5]. Mazkur metodlar qatlamga kislorod (havo) haydalganda uning qatlamdagi neft bilan reaksiyaga kirishishi natijasida katta miqdorda issiqlik (qatlam ichra yonish) ajralib chiqishiga asoslangan. Bu metodlar quduq tubida neftning yonishi natijasida to’plangan issiqlikning qatlam ichiga siljishidan mahsuldor qatlamda issiqlik to’planishiga asoslanadi.
Qatlamga haydalgan havo yonish zonasini qatlam ichra harakatlantiradi. Neft uyumlarini ishlatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi [4]:
1. To’g’ri yo’nalgan ‘quruq’ yonish, havo haydaladigan quduq tubida neft yondiriladi va yonish zonasi haydalayotgan havo bilan aralashib, suyuqlik chiqarib olish qudug’i tomon siljiydi;
To’g’ri yo’nalgan nam yonish yoki o’rta nam yonish, bunda qatlamga ma’lum bir nisbatda havo va suv haydaladi. Natijada yonish fronti oldida qaynoq suv hoshiyasi hosil bo’ladi, ya’ni yonish fronti oldidagi zonaga issiqlik kirib keladi, bu o’z navbatida haydalayotgan havo sarfini keskin kamaytirgan holda neftni chiqarib olish koeffitsientining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi jarayon nisbatan samarali hisoblanadi. Bunda ham neftni siqib chiqarishda qatlamga bug’ haydalgandagi kabi hamma omillardan foydalaniladi, bundan tashqari bu jarayonga xos bo’lgan qo’shimcha omillar (karbonat angidrid gazining suv bilan aralashmasi, sirtfaol moddalar va b. yordamida neftni siqib chiqarish) ham qo’llaniladi. Qatlam qanchalik katta chuqurlikda yotsa, havoni haydash bosimi ham shunchalik yuqori bo’ladi, shu sababli yuqori bosimli kompressorlardan foydalaniladi. Bu metoddan foydalanishda 1500-2000 m chuqurlikdagi uyumlarni tanlash ijobiy natija beradi. Uyumdagi qatlamning qovushqoqligi 10 dan 1000 mPa·s bo’lganda ham bunday metodlardan foydalanish mumkin.
Bunday neftlar tarkibida og’ir fraksiyalari miqdori ko’p bo’lib, yonish jarayonida yoqilg’i vazifasini o’taydi. Yonish jarayonining texnologik imkoniyatlariga va iqtisodiy ko’rsatkichlariga ko’ra uni jins o’tkazuvchanligi 0,1 mkm2 dan katta va neftga to’yinganligi 30-35% dan yuqori bo’lganda qo’llash tavsiya etiladi. Ishlatish obyektining o’rta qismidagi jinslarning o’tkazuvchanligi yaxshi, neftga to’yingan qalinlik 70-80 m va undan katta bo’lganda bu metodlarning afzalligi seziladi. Obyektning o’rta qismidagi yonish jarayoni ta’sirida uning yuqorisida va ostida yotgan kam o’tkazuvchan jinslar ham qiziydi. Quruq yonish jarayonida temperatura 7000C ga etadi, shu sababli bu metoddan terrigen kollektorlarda foydalanish mumkin, karbonat kollektorlar esa bunday haroratda emiriladi. Nam va o’ta nam jarayonlarda yonish tegishli ravishda 400-500 va 200-3000C temperaturada sodir bo’ladi, shu sababli ularni terrigen va karbonat kollektorlarda baravar qo’llash mumkin.
Quruq yonish jarayoni quduqlar joylashishining zich to’rida va teplofizik metodlarni qo’llashda ham samara beradi. Nam yonish jarayonida agar yonish fronti oldidagi qizdirilgan zona o’lchami katta bo’lsa, quduqlarning joylashish to’ri zichligi 16-20 ga/quduq bo’ladi [4]. Neftli qatlamda issiqlik tashuvchi haydash metodi turlicha ko’rinishidagi ikkita texnologiyaga ega.
Birinchi – issiqlik tashuvchi va uning xoshisi bilan neftni sizishiga asoslangan. Bunday turlilik qo’llanilgan issiqlik tashuvchi turidan kelib chiqib, qatlamda bug’ issiqlik ta‟siri va qaynoq suv ta’siri nomini olgan.
Ikkinchi – mahsulot oladigan quduq tubi zonasini bug’ issiqlik bilan ishlov berish. Bunday holda issiqlik tashuvchi sifatida to’yingan suv bug’idan foydalaniladi [5].