Fakulteti guruh talabasi ning


Neftni bug‘ yordamida siqib chiqarish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə11/15
tarix27.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#103269
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Neft va gaz

2.2. Neftni bug‘ yordamida siqib chiqarish.
Yuqori qovushqoqlikka – 40-50 mPa·s ega bo’lgan uyumlarni ishlatishga asoslangan metod bo’lib, oddiy suv bostirish metodidan foydalanib bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Sobiq Ittifoqda va O’zbekistonda qatlamga suv bostirish bilan birga bug’ ham yuborib ta‟sir etish jarayoni nazariy jihatdan asoslangan. Qatlamga yuborilayotgan bug’ uyum bo’shlig’i hajmining 20-30% ni egallab, unda yuqori haroratli hoshiya hosil qiladi va qatlamga haydalayotgan suv bilan aralashadi. Ushbu metodni qo’llash natijasida neftni chiqarib olish koeffitsienti miqdori 0,4-0,6 va undan yuqoriroq bo’ladi.
Ushbu metod samarasi qatlam nefti qovushqoqligining pasayishida, bug’ tarqalgan zonada neftning tozalanishida, jins-kollektorlar g’ovaklari devoriga yopishgan smola, asfaltenlar va boshqalarning erishi va oqizib ketilishida ko’rinadi.
Kon-geologik tavsifiga ko’ra, ushbu metodni qo’llash mumkin bo’lgan uyumlarni tanlashda birinchi navbatda bug’ quduqda, so’ngra qatlamda harakatlanayotganda kam yo’qolishi hisobga olinadi. Bu metoddan qatlamning yotish chuqurligi 1000 m gacha bo’lganda foydalanish samarali hisoblanadi, chunki chuqurlik qanchalik katta bo’lsa, issiqlikning yo’qolishi ham shuncha ko’p bo’ladi. Neftga to’yingan qatlamning qalinligi 10-40 m bo’lsagina metod naf beradi. Agar qalinlik kam bo’lsa, mahsuldor qatlamning ustidagi va ostidagi qatlamlarga issiq o’tib ketishi mumkin.
Neftga to’yingan qatlamning qalinligi juda katta bo’lsa, issiqlik bilan uning bir qismigina qamrab olinishi mumkin, bunday hollarda qatlam obyektlarga ajratiladi. Jinslarning kollektorlik xususiyatlari yuqori (g’ovaklilik koeffitsienti 0,2% dan yuqori, o’tkazuvchanligi 0,5 mkm2 dan katta) bo’lganda metoddan foydalanish foydali hisoblanadi, chunki bunday hollarda mahsuldor qatlam jinslarini qizdirishga issiqlik kam sarflanadi.
Boshlang’ich neftga to’yinganligi yuqori bo’lgan uyumlarni ishlatishda bu jarayon yaxshi samara beradi, chunki qatlamdagi suvlarni qizdirishga juda oz issiqlik sarflanadi.
Jins kollektorlarning turg’unligi past bo’lsa, qatlamga bug’ haydalganda uni buzib yuborishi, natijada jins zarralari suyuqlik chiqaruvchi quduqlardan yer yuzasiga chiqishi hamda qatlamdagi gil jinslarning bo’kishi natijasida g’ovaklar o’lchami kamayishi va o’z navbatida o’tkazuvchanligi pasayishi mumkin. Shu sababli obyektlarni tanlashda qatlamdagi jinslar turg’unligi yuqori, gilliligi (10% dan) kam bo’lgani maqul. Metodni qo’llashga eng qulayi monomineralli kvartsli qumtoshlar, kamroq qulayi polimiktli (gil jinslar bo’laklari bo’lgan) qumtoshlar hisoblanadi. Metodni qo’llash quduqlar oralig’i 200-300 m bo’lganda samara beradi.
Neft konlari tabiatda, asosan, choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi sababli bir yoki bir necha mahsuldor qatlamdan tuziladi. Neft konlari zaxiralari umumiy (geologik) va olinishi mumkin boʻlgan (sanoat) zaxiralariga boʻlinadi.
Neft va gaz uyumlari tuzilishiga koʻra, katlamli gumbaz uyumi (govakli jinslarda), qatlamsiz gumbaz uyumi (gʻovak yoki darzli jinslarda) va stratigrafik chegaralangan guruhlarga boʻlinadi.
Neft konlari Yer yuzining barcha kitʼalarida, kontinental shelfda uchraydi. Jumladan, Meksika qoʻltigʻi neft-gazli havzasi, Shimoliy dengiz, Kaspiy, Kora va Oʻrta dengizlar va boshqa suv xav-zalari tubidagi jinslarda mavjud. Neft va gaz konlari proterozoy erasidan toʻrtlamchi davrgacha boʻlgan qatlamlar orasida joylashgan. Xorijda 19-asrda Apsheron yarim orol, Grozniy shahri yaqinida, Krasnodar oʻlkasi, Cheliken yarim orol va boshqa joylarda topilgan. Keyin-roq Turkmaniston, Qozogʻiston, Ukraina, AQSH, Nigeriya, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham Neft konlari ishga tushirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqdangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxon-daryo, Hisor jan.-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin