Fakulteti,,Geofizikaviy tadqiqot usullari



Yüklə 38,73 Kb.
səhifə1/4
tarix24.05.2023
ölçüsü38,73 Kb.
#121266
  1   2   3   4
foydali qazilma mustaqil ta\'lim




Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti ,,Geologiya va Muhandislik Geologiyasi” fakulteti ,,Geofizikaviy tadqiqot usullari” kafedrasi III kurs 301-guruh talabasi O’ralov Jahongirning ,,Foydali qazilmalar geologiyasi’’ fanidan
Mustaqil ta’lim
Mavzu: Magmatik konlarning turlari. Erta magmatik, kechki magmatik va likvatsion konlarni hosil bo’lish jarayonlari va sharoitlari
Bajardi: O’ralov Jahongir
Qabul qildi: Ziyayeva Farog’at

Toshkent-2023




Reja:

1. Magmatik konlarning hosil bo'lishi


2. Erta magmatik konlar
3. Kech magmatik konlar
4.Likvatsion konlar

Magmatik konlarning hosil bo'lishi
Foydali qazilmalarga boy magmaning differentsiatsiyalanishi jarayonlarida, asosan, o'ta asosiy va ishkorli qotishmalardan hosil bo'lgan konlar magmatik konlar deb yuritiladi. Bu konlarda titan - magnetit, apatit - magnetit, mis-nikel, xromit rudalari, platinoidlar, oltin, olmos kobalt, vanadiy, siyrak yer elementlari, grafit kabi foydali yirik zapaslari to'plangan . Magmatik konlar 300º-1500º dan ham ortiq haroratda, yuzlab atmosfera bosim ostida sezilarli chuqurlikda shakllanib, yuqorida aytib o'tilgan otqindi tog’ jinslarining orasida uchrashligi bilan xarakterlanadi. Demak bu xil bilan konlarning va ularni o’rab turgan tog’ jinslarining hosil bo'lishi magmaning yer bag’ridan ko'tarilib chiqib qotish jarayoni bilan chambarchas bog'liq. Ko'pincha magmatik konlarni o'zida joylashtiruvchi tog’ jinslari gabbro, norit, piroksenit, peridotit, dunit kabi asosiy va o'ta asosiy jinslar bo'lib, bu jinslarning ma’lum turlari bilan xilma-xil foydali qazilmalar bog’langan bo'ladi. Asosiy jinslarning gabbro, norit, anortozit xillari bilan titan, vanadiy, mis, nikel, kobalt, platinoidlar konlari fazoviy va genetik bog'lansa, dunit, peridotit, piroksenit kabi o'taasosiy jinslar bilan platina, xromit olmos konlari birga uchraydi. Massivlarning Dunyoning ayrim rayonlaridagi ishkorli jinslardan apatit, niobiy, siyrak er elementlari qazib olinmokda. Ko'pchilik magmatik konlar joylashgan yo'l-yo'l tuzilgan, yaъni differentsiyalashgan otkindi jinslardan tuzilishi e’tiborni jalb qiladi. Bu xol asosiy jinslarda temir kabi metallarning yukori miqdorda va kremnezemning kam bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, natijada bunday jinslarini hosil kiluvchi magmaning qayishqoqligini kam, lekin yengil harakatchan bo'lishiga, ya’ni uning differentsiyalanishiga sabab bo'ladi. Magmaning bo'linish jarayoniga kamaytiruvchi va birikmalarining harakatlanishi yaxshilovchi temperaturasini turli uchuvchi komponentlar (H2O, C1, B, F, P) ning ham ma’lum ta’siri bo'ladi. Bo'linish natijasida magma kristallanib olgan ogir minerallar pastga cho'kadi, engillari eritmasidagi esa yuqoriga ko'tariladi, yaъni magmatik jinslarning och rangli engil minerallari ustki va qoramtir og'irlari pastki zonalarda joylashadi. Bunday differentsiyalanish darajasi har xil bo'lib, ayrim rayonlarda, masalan Uraldagi intruziv massivlarida zonadan-
1
zonaga o'tish sezilarsiz bo'lsa, boshka erlarda keskin farqlanuvchan bo'lishi mumkin.
Ona jinslardan tashkil topgan massivlarning formalari lakkolit, silla, monoklinal bo'lib, cho'kindi va metamorfik jinslarni ko'pincha erib chiqqan, ba’zan ularni orasida monand yotgan bo'ladi. O’lchamlari har xil bo'ladi. Masalan, Uraldagi Kachkanar intruzivi chikib turgan maydon 100 km² dan oshiqdir. Magmatik konlarining geologiyasini o'rganishga A.Zavaritskiy, V.Kotlevskiy, M.Godlevskiy, geologlari V.Sobolev, G.Sokolov, chet el olimlaridan I.Fogt, P.Vagier va boshqalar munosib hissa qo'shdilar. Bu tadqiqotchilarning olib borgan ishlariga ko'ra magmatik konlar turli yo'llar bilan bo'lishligi aniklangan. Ya’ni jarayonida ruda minerallari va ruda emas xom ashyolarning hosil bo'lishi va bir yerga to'planishi mumkin.



Yüklə 38,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin