ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda
joylashgan bolsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan
tashqarida bolsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan
tashqarida joylashgan boladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor
damida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi
munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak-
siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi
to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi
barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal-
luqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan
uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum,
hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir;
buyum, hodisa belgisiga zid bolgan narsalar buyum, hodisaning
o‘ziga ham ziddir.
Dostları ilə paylaş: