Falsafa asoslari


Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   221
Falsafa asoslari

Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga
mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgi­
ning mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xu­
losa chiqariladi.
Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tek- 
shirilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqa­
rishning ikkita turi mavjud: toliq va to‘liqsi
2
induksiya.
To‘liq induksiyada 
birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub 
har bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf
239


predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. 
Toliq induksiya miqdori cheklangan va aniq bolgan (sanaladi- 
gan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashti­
rish yoli bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bolib
uning xulosasi doimo aniq boladi.
Toiiqsiz induksiyada 
birorta belgining bir mantiqiy sinfga te- 
gishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki 
xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga man- 
sub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa 
chiqariladi.
Ilmiy induksiya
Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuv- 
chi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. Toiiqsiz induksiya- 
ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuv­
chi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya 
deb ataladi.
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqa- 
rishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va 
o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
— ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoit- 
da ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqa- 
radi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga 
chiqmasligini bildiradi;
— sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olam­
dagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bolmaydi;
— sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma- 
ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda 
bolavermaydi;
— sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bolib, muayyan sa­
bab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sa- 
bab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqa- 
rishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar 
ta’sirida paydo bolishi mumkin.
Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mav­
jud bolib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga
240


o‘xshashlik, tafovut, yoldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari 
kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin