Falsafa asoslari


 Abu Xomid G'azzoliy Kimiyoi saodat. - Т.: Adolat. 2005.-37-6



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   221
Falsafa asoslari

1 Abu Xomid G'azzoliy Kimiyoi saodat. - Т.: Adolat. 2005.-37-6.
243


boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqa­
riladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifoda- 
lash mumkin:
A — В ga, С — D ga bolgandek munosabatda.
Bunda A — В model, С — D prototip boladi. Model va pro­
totip o‘rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet so- 
halariga taalluqlidir. Masalan, imom G‘azzoliy inson jismi va 
ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o'rtasidagi muno- 
sabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining yemi- 
shi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi.
Fikr yuritisbda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan
bogiiq xatolar. Mulohazalar bilan bogiiq xatolar. 
Mulohazalar­
ni tushunchalarning mantiqiy boglanishi deb qarash mumkin. 
Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo‘lishi ularning 
to‘g‘ri va chin bolishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, 
mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari 
bolib, ularning o‘zaro mantiqan to‘g‘ri bogliqligi ham fikrning 
to‘g‘ri va chin bolishini ta’minlaydi. Quyidagi holatlarda mulo­
haza yolg'on hisoblanadi:
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolmagan xususiyat 
tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yiglndisi 360° 
ga teng).
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolgan xususiyat in­
kor qilinsa (masalan, mevali daraxtlar bahorda gullamaydi).
3. Juziy chin bolgan mulohaza ba’zi holatlarda umumiy deb 
qabul qilinsa (masalan, «Ba’zi o'quvchilar mas’uliyatsiz» mulo- 
hazasini «Hamma o‘quvchilar mas’uliyatsiz» mulohazasi bilan 
almashtirilsa).
Xulosa chiqarish bilan bogliq xatolar.
Fikr yuritish jarayonida eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xatolar 
xulosa chiqarish bilan bogliq. Bunga sabab xulosa chiqarishning 
har bir turiga xos bolgan qoidalarni bilmaslikdir. Shunday xato- 
lardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik) xulosa chiqa- 
rishda keng tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoi- 
dasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Bunga ko‘ra I figura
244


bo'yicha kichik asos inkor mulohaza bolganda hosil qilingan xu­
losa noaniq (ko‘pincha xato) boladi. Masalan:
Hamma advokatlar yuristdir.
Bu kishi advokat emas.
Bu kishi yurist emas.
Xulosaning noaniq bolishiga sabab, yuristlar faqat advokat 
emas, balki o‘qituvchi yoki olim bolishlari ham mumkin.
Yana bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining nati- 
jasida vujudga keladi. Masalan:
Hamma okulistlar shifokordir.
Bu ayol shifokor.
Bu ayol okulistdir.
Shifokorlar faqat okulist (ko‘z shifokori) emas, balki stomato- 
log, kardiolog, xirurg bolishlari ham mumkin.
Yakka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqa­
rishda eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xato «undan keyin, de­
mak, shu sababga ko‘ra» deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kel­
gan hodisalarning hammasida awalgisi sabab, keyingisi oqibat 
boladi, degan flkrga asoslanish natijasida yuzaga keladi.
0 ‘xshatish (analogiya)ga asoslanib xulosa chiqarilganda, 
taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim belgilari asos qilib 
olinsa, mantiqiy xatoga yo‘1 qo‘yiladi. Masalan:
Aziza va Robiya bir sinfda o‘qiydi, yoshlari va bo'ylari teng.
Aziza ingliz tilini yaxshi biladi.
Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mantiqiy xatolarga yo‘1 qo'ymaslik 
uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolgan xususiyat do- 
imo tasdiqlanishi shart.
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bolmagan xususiyat 
doimo inkor qilinishi shart.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin