Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   221
Falsafa asoslari

o ‘yM >, 
bu fikrni qabul qilishi yoki rad 
etishi mumkin. Argumentlashga quyidagilar xos:
246


— argumentiash hamma vaqt til vositasida amalga oshiriladi;
— argumentlashning vazifasi kimningdir e’tiqodini, ishonchi- 
ni kuchaytirish yoki susaytirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir;
— argumentiash ijtimoiy faoliyatdir, Chunki u faqat insonga va 
insonlarga qaratilgan bo‘lib, boshqa tomonning keltirgan dalil- 
lariga o‘zining faol munosabatini bildirishni — dialogni nazarda 
tutadi;
— argumentiash retsipiyentlarning aqliy faolligini, ya’ni ar­
gumentlarni o‘ylab qabul qilishi yoki qarshi chiqishini nazarda 
tutadi.
Argumentlashning tuzilishi va usullari bilan tanishishdan av- 
val isbotlash va rad etishning mohiyati, tuzilishi, usullari va qoi- 
dalarini bilib olish zarur, Chunki ular argumentlashning xususiy 
ko‘rinishidir.
Isbotlash 
— bir mulohazaning chinligini u bilan bogl iq boshqa 
chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy 
amal. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argu- 
mentlar (asoslar), isbotlash usuli — demonstratsiya.
Tezis — chinligi asoslanishi lozini bolgan mulohaza, u is- 
botlashning markaziy flgurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor 
uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning 
o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq 
faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini 
ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat boladi.
Argumentlar 
(lot. argumentum — isbot asosi) — dalillanishi 
(isbotlanishi) talab qilingan tezis (mulohaza, nazariya)ni asos- 
lash uchun keltiriladigan bir yoki undan ortiq mulohazalardir.
Isbotlash usuli 
— demonstratsiya tezis bilan argumentlar 
o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shak­
lida boladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan 
keltirib chiqariladi.
Argumentiash (isbotlash)ning ikki turi mavjud: bevosita isbot­
lash, bavosita isbotlash.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin