Falsafa asoslari


Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzi-



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   221
Falsafa asoslari

Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzi-
lishi bilan bog‘liq bo‘lgan va bilmasdan yo‘l qo‘yilgan mantiqiy xato
— paralogizmlar deb ataladi. 
Masalan: «Missioner» parologizmi. 
Bir missioner (dinni targlb qiluvchi odam) kannibal (odamxo'r) 
lar orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib yeyish 
masalasida bahslashib qolishibdi. Ba’zilari qovurish kerak desa, 
boshqalari qaynatish kerak debdi. 0 ‘zaro kelisha olmay bir qa- 
rorga kelishibdi. Ular missionerga: «Sen biror gap aytgin. Agar 
gaping to‘g‘ri bo‘lsa, seni qaynatib, noto‘g‘ri bo‘lsa, qovurib yey- 
miz» - deyishibdi. Missioner ularga «Meni qovurib yeysizlar» — 
deb javob beribdi». Missionerning javobi kanniballarning o‘zaro 
tortishuviga sabab bo‘libdi. Chunki qovurib yesalar, u to‘g‘ri 
gapirgan bo‘ladi va uni qaynatish kerak boladi. Agar qaynatib 
yesalar, unda noto‘g‘ri gapirgan boladi va shartga muvofiq uni 
qovurish kerak boladi. Kanniballarning tortishuvidan foydalan- 
gan missioner qochib qutuilibdi.
Chinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bolgan
fikrlarga esa paradoks deyiladi. 
Masalan, «Buning isboti yo‘qligi 
isbotlangan», «Hech qachon «hech qachon» so‘zini aytma», 
« 0 ‘yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham bolsa, hech qanday 
qoida yo‘q».
Yuqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs- 
munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o‘z qarashlarini himoya 
qilishga, mustaqil nuqtayi nazarga ega bolishga va boshqalaming 
zararli ta’sirlaridan saqlanishga yordam beradi.
3. 
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipo-
teza, nazariya.
Bilish jarayonida inson voqea va hodisalarning mohiyatini 
tushunib boradi. Inson qancha ko‘p bilimga ega bolmasin, bil- 
magan narsalari undan ham ko‘proq boladi. Bilmagan, noma’lum 
narsalarni bilish uchun hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, 
prinsiplar yetarli bolmaydi. Bilish jarayonic a mavjud bilimlari- 
mizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qi­
lish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat
255


paydo boladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda 
murakkab vazifalarni hal qilish, fanda esa tub burilishlar davrida 
yaqqol namoyon boladi. Masalan, kompyuter viruslariga qarshi 
himoya tizimini yaratish shunday muammolardan hisoblanadi. 
Meditsina sohasida rak kasalligini davolash, avtomobilsozlikda 
yoqilg‘ini tejovchi vositalarni ixtiro qilish, ekologiya bilan bogliq 
muammolar va boshqa sohalarga oid muammolar mavjud. Hozir­
gi kunda bu muammolarni hal qilish uchun mavjud qonun va 
prinsiplarning yetarli emasligi, fanda yangi izlanishlar olib bo- 
rishni talab qilmoqda.
Ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyoti rung ich- 
ki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi 
vaqtda matematikada to‘plam nazariyasi bilan bogliq muammo­
larni hal qilish zaruriyati bunga misoldir.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasawurlar bilan 
qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatnijig paydo bolishi 
yoki ana shu ilmiy tasawurlar yetarli darajada tizimga solin- 
maganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin