Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   221
Falsafa asoslari

muammoli vaziyat 
bilish taraq- 
qiyotining turli bosqich va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bi­
lish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini 
o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.
Muammoni qo‘yish va hal etish.
Muammo 
— javobi bevosita mavjud bilimda bolmagan va ye- 
chish usuli noma’lum bolgan savoldir.
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud 
bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasi- 
dan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirib 
topishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va 
muhokama qilish xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz 
ehtiyojlari belgilab beradi.
Kolamiga ko‘ra shaxsiy, hududiy, bir davlat yoki bir necha 
davlat miqyosidagi va umuminsoniy at muammolarini ajratish 
mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur 
shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. 
To‘g‘ri qo‘yilgan savol muammoning yarim yechimi hisoblanadi.
256


Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasav- 
vur qilishning o‘zi yetarli emas. Har qanday muammoning yechi- 
mi ilmiy asoslangan bo'lishi kerak. Buning uchun muammoni 
hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra 
bilish muhim ahamiyatga ega.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bi- 
limlari va qobiliyati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatda, 
ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu 
sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur 
bilimli olimlar tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan 
uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy 
ma’naviyatimizga yot g'oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri 
muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish 
mumkin. Ma’lumki, OAV, Internetdagi ayrim ma’lumotlar en- 
digina ma’naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqi- 
qatni yolg‘on, uydirmadan farqlashga yetarli bo‘lmagan yosh- 
larda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda. Yosh avlod ma’naviy olamining daxlsizligini 
asrash jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu 
muammo faylasuflar, gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq 
etilmoqda.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yon- 
dashish mumkin bolganligi uchun ham hal qilinishi lozim 
bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mum­
kin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari 
bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun 
ham juziy xususiyatga ega boladi. Kocp hollarda bir-biri bilan 
bog‘lanib ketgan mana shunday juziy muammolar hal qilingan- 
dan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish 
imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ulami ye- 
chishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish 
uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan 
o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metod- 
larini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli 
xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni
257


bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning 
umumiy yo‘nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehti- 
yojlariga bog'liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning 
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi 
ziddiyat yaqqol namoyon boladi, ilmiy izlanish predmeti aniqla- 
nadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vu- 
judga keladi va uning yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa 
muammo mavjud nazariyani o‘zgartirish va muammoni yechishga 
moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni yechish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bolmaydigan fakt 
va hodisalar aniqlanadi;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilib, 
ularga baho beriladi;
d) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tek- 
shirish yollari belgilab olinadi;
e) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan 
g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Bu ishlar* amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni ye­
chishga kirishiladi.
Barcha muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega. 
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to la yechimini 
topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomon- 
larini qamrab olib bolmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish 
davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bolib, u 
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Ba’zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha 
topib bolmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan 
bogliq muammo hozirgacha to la hal bolmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, 
degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vosita- 
lar yordamida yechib bolmaslikni ko'rsatadi xolos, va shu tariqa 
yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, 
muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
258



Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin