Falsafa asoslari


Bahsda qollaniladigan hiylalar



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   221
Falsafa asoslari

Bahsda qollaniladigan hiylalar:
— yolg‘on uyatga qo‘yish (opponentning atrofdagilar oldida 
obro‘si to‘kilishidan xavotirlanishini bilib, undan foydalanish);
— argumentlarni «yog'lash» (opponentga oshkora xushomad- 
go‘ylik qilish);
— yosh, ma’lumot va mavqeni pesh qilish (masalan, avval dip- 
lom oling, keyin gapiring);
— gapni boshqa tomonga burish;
— qat’iy ohangda so‘zlash;
— ataylab bahsni to‘xtatish va boshqalar.
253


Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar turli-tuman bo‘lib, 
ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Sofizm so‘zi «ayyorlik», «soxta donolik» degan ma’nolarni
bildiradi. Bunday ishlar bilan shug‘ullanuvchilar, ya’ni rostni
yolg‘on, yoig‘onni rost deb tasdiqlovchi, o‘zini dono, boshqalarni
esa nodon qilib ko‘rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb
ataladi. 
Soflstlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbot- 
lovchi kishilar bo‘lib, o‘z maqsadlarini amalga oshirishda o‘ziga 
xos isbotlash usullaridan foydalanadilar.
Forobiy «Falsafatu Aristutolis» nomli risolasida safsatabozlar 
qo‘llaydigan quyidagi olti usulni ko'rsatadi: «1) tanbeh berish; 2) 
dovdiratish; 3) tuhmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur 
qilish; 5) bema’ni narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbat- 
doshga so‘z bermaslik». Soflstik muhokamalarga chalkashtirish, 
yanglishtirish, aldash, noto‘g‘rini to‘g‘ri, to‘g‘rini noto‘g‘ri deb 
bilish xosdir.
Soflstik muhokamalar so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr 
almashinish jarayonida, suhbat va bahs yuritishda qo‘llaniladi. 
Bunday muhokamalardan maqsad suhbatdoshining yolg‘on ga- 
pirayotganligini ko‘rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda, 
hamma tomoftidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga 
olib kelish, fikrini chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini) 
hadeb bir fikrni qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur 
etishdir. Soflstlar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda insonning 
ruhiy holatidan, tafakkurida o‘rnashib qolgan fikrlaridan, odat- 
laridan, Shuningdek biror g‘oyaning tarafdori ekanligidan ustalik 
bilan foydalanadilar. Masalan, «Kal» soflzmi:
— Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to'kilsa, u kal 
boladimi?
— Yo‘q.
— 0 ‘n dona to‘kilsa-chi?
— Kal bo‘lmaydi.
— Bittadan boshdagi hamma sochlar to‘kilgandachi?
— Unda kal bo‘ladi.
— Sen o£z so‘zingga o‘zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta 
sochi to‘kilsa kal bo‘lmaydi degan eding. Bu soflzmda bir dona
254


soch tolasining to‘kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining 
to‘kilishi bir hodisa deb ko‘rsatiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin