Falsafa asoslari


Gipoteza (faraz) — bilimlarning mavjud bolish va taraqqiy etish



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   221
Falsafa asoslari

Gipoteza (faraz) — bilimlarning mavjud bolish va taraqqiy etish
shakli. 
Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar 
ilgari suriladi va asoslanadi. 
Gipoteza (faraz) 
— o‘rganilayotgan 
hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli tax- 
min tarzidagi bilim shaklidir.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza 
shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlarning mavjud 
bolishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin, 
ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, 
masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment nati- 
jalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bolib, ular 
turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud bo‘ladi.
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiruvchi 
taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan 
faktlar, ular uchun xarakterli bolgan qonuniyatlar haqidagi mu- 
lohazalar yoki mulohazalar tizimi tarzida boladi. Uni ifoda qi- 
luvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, 
deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning 
bosh g‘oyasida aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, 
atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar - vaqtinchalik, 
moljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari 
surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq 
qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehti- 
moliy xulosa chiqarish hisoblanadi. Shuningdek, gipoteza ba’zi 
hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida ham ilgari surilishi 
mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallami 
tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, tal­
qin etish natijasida paydo boladi. Ana shuning uchun ham gipoteza
- bu har qanday taxmin emas, balki o'zining muayyan mantiqiy 
kuchiga ega mulohaza, ma’lum bir darajada asoslangan farazdir.
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bos- 
qichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va 
ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) mu- 
vofiqligi aniqlanadi.
259


Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib 
chiqadigan natijalarning mavjud faktlarga nomuvoflqligini 
ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav- 
qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning 
chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bolgan holatlar 
aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning 
Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi 
Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid 
kelganidan keyin rad etildi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa 
haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi 
mumkin. Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi aha- 
miyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipoteza qu- 
riladi va bu hoi to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha, 
ya’ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan 
bolishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juziy 
gipotezalarni ajratish mumkin.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin