Falsafa asoslari


I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   221
Falsafa asoslari

I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:
1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomi- 
da o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning al- 
mashtirilishiga sabab boladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa 
tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki 
rad etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham 
bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, res- 
publikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g'oyaning 
ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jami- 
yatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga 
harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis 
almashinadi.
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. 
Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shax­
siy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida 
fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb 
ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab boladi. Bunday xatoga 
ataylab yo‘1 qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir 
qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga 
urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi.
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning 
almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga 
undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A 
hodisadan В kelib chiqsa, lekin В hodisadan A kelib chiqmasa, 
unda A hodisani ifodalovchi tezis В hodisani ifodalovchi tezis­
dan kuchliroq boladi. Masalan, «А shaxs birinchi bolib janjalni 
boshlamagan» degan tezis (B) o‘rniga, «А shaxs umuman jan- 
jal bolgan yerda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat 
qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bolmaydi, chunki A shaxsning 
janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin