raddiyani argumentiash (isbotlash)ning xususiy ko‘rinishi, deb
hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentiash (isbotlash) kabi
tezis (rad qilinishi lozim bolgan mulohaza), argumentlar (tezisni
rad qiluvchi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli)
dan tashkil topgan boladi. Raddiya birorta masalani muhokama
qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnash-
chilaridan biri ma’lum
bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa
(proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilin-
magan, munozarali masalalar bo‘yicha
olib boriladigan bahslar
polemika
hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina
qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I. Tezisni rad etish
II.
Argumentlarni rad etish
III. Demonstratsiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir.
Bunda bolib o‘tgan voqealar, statistik ma’lumotlarga asoslanib
tezis rad etiladi. Masalan, «Bu qolyozma XVII asrda yozilgan»,
degan
tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash
uchun yozuv usuli, qog‘ozning turi,
qaysi alifboda yozilganligi
kabi faktlarga asoslanamiz va tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki
ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan
kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu
usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis
vaqtincha
chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar
aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbot-
lanadi. Chin asosdan
xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu
bema’nilik boladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formu
lasi quyidagicha: (a—>b) -> ((a-»b)-»a).
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan
tezisga zid bolgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi.
Uchinchisi
istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan
tezisning xatoligi keltirib chiqariladi.
249