lakati vayron bolib, podshoh Dil ham asir bolib, badbaxt va halok
bolg^sidir»1, — deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish
boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda
xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi eh-
timoliy shaklda bolib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq
asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar,
ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Mo-
deldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra
analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va
munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turda-
gi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqos-
lanadi. 0 ‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bolgan
belgining boshqasida ham bolishi mumkinligi haqida xulosa
chiqariladi.
0 ‘xshatilayotgan predmetlarni A va В harflari bilan, belgilarni
a, b, с harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini qu
yidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Sj - P,, P2, P3, P4, belgilarga ega.
S2 - Pl5 P2, P3, belgilarga ega.
Demak, S2 - P4 belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolari ni
beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga
e’tibor kamayadi.
Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir-
biriga mehrsiz, mahallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida
emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida
Dostları ilə paylaş: