buyuklik maqomini berishga intilish bolsa, millatparvar-
lik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun
kurashish, bu yo‘lda, lozim bolsa, o‘z hayotini ham fido qilish
demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bogliq.
Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon
boshqa millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvar — milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U
o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning
faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya
yotadi, u millatni sevish amaliyotining — millatparvarlikning
ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning
zamonaviy, biz tanlagan ko‘rinishini, uning mafkuraviy jihatlari-
ni 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari
mov shunday ta’riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday mil-
latchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni
mensimaslik, ularni kamsitish kayflyati va qarashlaridan mutlaqo
xoli bolib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjami-
yatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat
qozonishda poydevor va rahnamo b olishi darkor».
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy
g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurt-
ga sadoqat yolida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va
odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda
madadkor bolishi zarur».
Dostları ilə paylaş: