Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   221
Falsafa asoslari

Halollik 
- vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik me- 
zoniy tushunchalari bilan bogliq, insonning o‘zgaga munosa- 
bati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bolishini talab qiladigan 
axloqiy me’yordir. D astaw al u diniy tushuncha sifatida vujudga 
kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy 
xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bolib 
amal qilgan, uning ziddi - harom diniy nuqtayi nazardan sal­
biy hisoblangan xatti-harakatlarga nisbatan qollanilgan. Ko‘rib 
o'tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yota-
288


di va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih banda- 
lar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir. 
Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan 
chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy 
me’yorga aylandi, teran m a’naviylik kasb etgani holda, kundalik 
hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib 
qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti- 
ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida 
biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar 
haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka 
nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga 
solib kelgan. Chunonchi, Imom G ‘azzoliyning harom yeyish 
haqida to‘xtalib, m ana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi, 
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo- 
ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul 
m a’naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon- 
ning niqobi deb ataydi».
Kamtarlik 
- shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga samimiy mu­
nosabatini ifoda etadigan axloqiy hodisa, inson axloqini bezay- 
digan fazilatlardan biridir. Kamtarlik o‘zini o‘zgalardan yuqori 
qo‘ymaslik, o‘z kuch-qudratini namoyish qilib maqtanmaslik, 
o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblamaslik.
Kamtarlikning ziddi manmanlik, takabburlik eng tuban il- 
latdir. Kamtarlik insonni yuksaklikka ko‘taradi, m anm anlik esa 
tubanlashtiradi. M anmanlik, takabburlik jamiyatning olg'a in- 
tilishiga to‘siq boladigan illatlardan biridir. M anman kishi o‘zi 
haqida juda yuqori fikrda boladi, atrofdagilarni mensimaydi, 
o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan yuqori qo‘yadi va oqibatda 
shuhratparastlik, xudbinlik to‘riga ilinadi, jamiyatda obro‘sini 
yo‘qotadi.
Kamtar inson o‘zgalardan kamchilik axtarmaydi, o‘z kam- 
chiliklarini ko‘ra biladi, uni bartaraf etishga harakat qiladi. Kam­
tarlik bilan sabr-toqat yonma-yondir. Kamtar inson yaxshi-yo- 
mon kunga sabr-qanoat qiladi, o‘zligini yo'qotmaydi. Xalqimiz 
orasida «Kamtar kam bolmas», «Kamtarga kamol, manmanga
289


zavol» kabi maqollar ushbu axloqiy fazilat insonni yuksaklikka 
ko‘tarishi, xalq hurmatiga sazovor etishini anglatadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin