Falsafa asoslari


XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaru-



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   221
Falsafa asoslari

XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaru-
riyati. 
XXI asrda global etosfera, sayyoramizda etosfera — axloqiy 
muhitni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Ma’lumki, yuzlab asr- 
lar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik 
olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil 
va hukmron qismi sifatida yashab keldi.
XIX 
asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda inson o‘z 
tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli 
ana shu biosfera ichida noosferani — texnikaviy muhitni yarat- 
di. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z 
texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz — yeymiz, ichamiz, 
yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasaw u r qila olmaymiz. 
Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, 
lift, kompyuter, poyezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari
zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darm onlar va h.k. Bugun 
videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi 
suhbatdoshimizni ko£rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda 
yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz ke- 
rakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham 
kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib 
qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun 
boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birin­
chi m arta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy 
tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. 
Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri rus olimi V.V.Vernadskiy 
ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holat 
bo‘lmish noosferaga o‘tayotganligini, butun geologik davr m o­
baynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera 
inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq 
o‘zgarishga kirishganini ta ’kidlaydi: «Sayyoramiz yuzi — biosfera 
inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy 
o‘zgarishlarga duchor etilmoqda, — deb yozadi u. — Inson quruq- 
likning fizikaviy va kimyoviy havo qobig'ini, uning barcha tabiiy
290


suvlarini o'zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi geologik 
evolyutsion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga 
kirib boryapmiz»1.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy 
zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo
global ma’noda XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan 
forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoniyat oldida endilik- 
da ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammo­
lar sifatida ko‘ndalang b o lib turibdi. M ashhur avstriyalik etolog 
olim, Nobel mukofoti laureati Konrad LDorensning: «Yoppasi- 
ga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodi- 
sasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy 
to‘poslik aybdordir», — degan so‘zlari shu nuqtayi nazardan 
diqqatga sazovordir2.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda in­
son o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman 
desa — XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axlo- 
qiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit 
kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda 
etika fanining o‘rni nihoyatda beqiyos.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin