4. Etika boshqa qaysi ijtimoiy fanlar bilan
aloqadorlikda ish
olib boradi?
5. Etikaning asosiy kategoriyalari haqida ma’lumot bering.
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari,
uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning
qonuniy va diniy jihatlari.
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixti-
yoriy
ittifoqi bolib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila
jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishi-
da muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya
topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini,
istiqbolini belgilab beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden-
ti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni
qollab-quw atlash va oila institutini
mustahkamlash sohasidagi
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori oila mustahkamligini ta ’minlash, uning ijtimoiy vazifala-
rini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oila
ning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish
hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qad
riyat sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bolib xizmat
qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga baglshlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat
taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizda-
gi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari,
hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida na
moyon boladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta,
bu borada yurtimizda
ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini
bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huqu-
qiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi.
Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga
baglshlangan bolib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-
292
lik va bolalik davlat tomonidan to‘la muhofaza qilingan. Qonun-
ga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari —
nikohga
kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetgan-
liklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yosh-
lari qilib belgilangan.
1998-yili Oila kodeksini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisi tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga
solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir
so‘z bilan aytadigan bolsak oila va nikoh munosabatlari har doim
davlatimiz himoyasida bolgan va davlatimiz siyosatining ustu
vor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila
va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari
hamda avloddan
avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’analar asosida amalga oshirib
kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an’analar mustaqil
lik davrida o‘tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar
asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari
ishlab chiqilmoqda.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oi-
la-nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar
majmuyi davlat
g‘amxo‘rligiga olinib, o‘zbek xalqining bu boradagi milliy va
diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi»,
«Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Soglom
avlod» kabi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh
masalalariga m a’naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga
ko‘tarilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oila
viy munosabatlarda urf-odat va an’analarga amal qilish to‘g‘risida
alohida so‘z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabat-
larni tartibga solishga oid tegishli normalar bolm agan taqdirda,
0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bolm agan
mahalliy urf-odat va an’analar qollaniladi1.
Darhaqiqat, Kodeks-
da davr sinovidan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etno-
madaniy an’analar, o‘zbek xalqining mentaliteti o‘z ifodasini
topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an’analar orasida
Dostları ilə paylaş: