shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga
zid kelmaydi.
Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan
o‘tib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to‘g‘risida
diyori-
mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxo-
riy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ali
sher Navoiy,
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o‘z
asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, fiqh
(musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin
Marg‘inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirish-
ga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida
chiqarilgan ayrim
hukmlarini ta’kidlash lozim.
Burhoniddin al-Marg‘inoniyning shoh asari «Hidoya»da
«Nikoh kitobi» va «Taloq kitobi» bevosita oila va nikoh masa-
lalariga bag‘ishlangan. Marg'inoniy oilaning moddiy va m a’naviy
jihatdan mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan
holatlarni nazarda tutgan holda m ahr berish borasida ayrim yen-
gilliklarni o‘z hukmlariga kiritadi: Chunonchi, «nikohda
garchi
m ahr aytilmasa ham, nikoh durust bo^averadi»1, «... m ahr ayol
kishining xolis haqqidir. U nikohning
boshidayoq m ahrni bekor
qilishi mumkin bo‘lgani kabi nikoh tugagandan keyin (ya’ni
eri olgandan keyin) ham o‘z haqidan voz kechishi mumkin»2,
«Nikoh faqat juftlanish uchun emas, balki undan ko‘zda tutilgan
maqsadlarni ro‘yobga chiqishi uchun m ashru’ qilingandir»3, deb
chiqargan hukmlari fikrimizning isbotidir.
Ushbu hukm haqiqatan ham jnsoniy mehr-m uruwat,
bag‘rikenglik ruhida chiqarilganligi bilan katta ijtimoiy va
ma’naviy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Bu hukmlarning
m a’naviy tomoni shundaki, nikoh qandaydir moddiy manfaatlar
evaziga emas, balki oila mustahkamligiga xizmat qilmog'i lozim.
Zero, oiladagi go‘zal
qadriyatlar, jum ladan sevgi-muhabbat, far-
Dostları ilə paylaş: