Falsafa asoslari


Look: Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor &



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   221
Falsafa asoslari

1 Look: Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor &
Francis e-Library, 2006. p. 18.
231


Dem ak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat:
xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining
o ‘zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning
mantiqiy aloqadorligi).
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra zaruriy 
va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko‘ra bir asosli (bevo­
sita) va ko‘p asosli (bavosita); fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra 
deduktiv, induktiv, analogiya kabi turlarga bo‘linadi.
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi 
bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bolib, u xulosa 
chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imko- 
nini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa 
chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (toliq induksiyani hisobga 
olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qa- 
ralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarish­
ning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarish. 
Deduktiv xulosa chiqarishning 
muhim xususiyati — unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga 
o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlari- 
dan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning 
hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xu­
losa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish 
orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarki- 
bi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat 
tavsiflari muhim ahamiyatga ega boladi. Bevosita xulosa chiqa­
rishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish 
(lot. — obversio) shunday mantiqiy usulki
unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini 
o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi1. Bu usul bilan 
xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir boladi, ya’ni avval asos- 
ning predikati, keyin boglovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan 
quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin