Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,
inson tafakkuri noosfera-
ning turli-tuman yo‘nalishlarini vujudga keltirmoqda. Nano-
texnologiyalar bugun hayotimizga kirib kelmoqda. Tabiat va
nanotexnologiyaning o‘zaro munosabati murakkab bo‘lib va
ko‘p ma’noli xususiyatlarga ega. Uning o‘ziga xosligi shunda
ko'rinadiki, nanotexnologiyaning ba’zi bir obyektlari tabiat
obyektlaridan farq qiladi. Tabiatda mavjud bo‘lmagan nano-
mahsulotlar sun’iy dunyoni paydo
qilib tabiatga nisbatan mu-
nosabatni qiyinlashtiradi. Shu bilan birgalikda nanotexnologiya
nafaqat sun’iy dunyoni yaratadi, balki tabiat bilan yangi mu-
nosabatlarni o‘rnatadi. Bu muammolar bugun insoniyat oldiga
turli-tuman hal etilmagan masalalarni ham qo‘ymoqda. Texni
ka insoniylashuvi, inson ma’naviyati bilan uyg‘unlashuvi, in
son manfaatlari har bir insonning ongi
va faoliyatiga singishi
lozim. Negaki ular inson ma’naviy olami, estetik ongi va didi,
estetik ehtiyojlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan olamni
estetik anglashda texnologiyalarning roli muhimligini hayot-
ning o‘zi ko‘rsatmoqda. Buni kompyuter texnologiyalari, in-
ternetning farzandlarimizga ta’siri orqali ko‘rishimiz mumkin.
EAV va kommunikatsiya texnologiyalaridan ma’lumotlar oqimi
manfaatdorlik
nuqtayi nazaridan yetkazilishi, ataylab qarama-
qarshi xarakterdagi ma’lumotlarni ketma-ket berish orqali oxir-
oqibatda yoshlarning idrokini susaytirishga olib keladi. Internet
va uning shakllari bo‘lgan internet-televideniya, internet-radio,
elektron pochta,
onlayn-video, ijtimoiy tarmoqlar kabi ko‘plab
axborot tarqatish texnologiyalari imkoniyatlaridan yoshlarning
ma’naviyati va bilim darajasini oshirishda maqsadli va oqilona
foydalanish zarur.
Shu o‘rinda reklamalarga ham alohida to‘xtalib o‘tish lozim.
Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar mavjudligi
hech kimga sir emas. Ayrim firma va kompaniyalar o‘zlarining
sifatsiz ayni paytda zararli mahsulotlarini reklama qilishda usta-
lik bilan foydalanmoqda. Bunday reklamalarni ko‘rgan yoshlar
maqtalgan «o‘sha» narsalarni tatib ko‘rishni xohlaydi.
Bu reklama
beozor ko‘ringani bilan ma’lum mamlakat turmush tarzini ham
yoshlarga yetkazayotgani, ularda qiziqish uyg‘otayotganini unut-
372
maslik lozim. Shunday ekan, ijtimoiy voqelikdagi hodisa hamda
jarayonlarga yoshlarda ongli munosabatni shakllantirish, ularning
erkinlik haqidagi tasavvurlari, ijtimoiy mas’uliyatga
munosabat-
larini tarixiylik va zamonaviylik o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash
asosida quyidagilarni yoshlar turmush tarziga singdirib borish
zarur:
— jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohaza-
korlik bilan tahlil qilishga o'rgatish, ularning axloqiy mas’uliyatni
chuqur his qilishiga erishish;
— shaxs erkinligi oila, mahalla, davlat va jamiyatni o‘zaro
uyg‘unligida ro‘yobga chiqqani, xorijdan eksport qilinayotgan,
razolat va tubanlikka yetaklovchi «ommaviy madaniyat» millat
axloqi,
urf-odati, dinu-diyonati, imon-e’tiqodiga mutlaqo yot
ekanligini, ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish;
— sharq kishisiga xos fazilatlarni yuksaltirish asosida har bir
shaxsning erkinlik va mas’uliyatni chuqur anglashga safarbar
etish o‘z amaliy faoliyatida demokratik qadriyatlarga tayanish
ko‘nikmasini hosil qilish;
— ayni paytda erkinlikni tom ma’noda
mohiyatan anglashda
uning g‘arbona (Yevropacha) tamoyillariga ko‘r-ko‘rona asosla-
nishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday
taqlid yuqorida ta’kidlaganimizdek, kutilmagan oqibatlarga, xu-
susan erkinlik niqobiga o‘rangan mas’uliyatsizlikka, demokratiya
niqobiga o‘rangan parokandalikka, bosh-boshdoqlikka
olib keli-
shi mumkin.
Nima bo‘lganda ham globallashuvjarayoni ijobiy ta’sirini e’tirof
etgan holda o‘tmish qadriyatlarimiz bilan zamonaviy tamaddun
o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish milliy qiyofasizlik, did-
sizlik, axloqsizlik, mas’uliyatsizlik kabi salbiy holatlarga zamin
yaratuvchi global ta’sirlardan yoshlarni imkon darajada asrash,
bugungi kundagi eng muhim vazifadir.
Dostları ilə paylaş: