Falsafa asoslari


Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va este- tika fanlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə157/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va este- tika fanlari shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. Chunki insonning xatti-harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafo- satga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni — ichki go‘zallik, nafosatni — tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar.

Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning xatti-harakati, qilmi- shi orqali yuzaga keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz. Muayyan xatti-harakat sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. Go‘zallik esa, o‘zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko‘kaldosh mad- rasasi. U hech qachon- harakat qilmaydi, lekin go‘zallik sifati- da mavjud, harakatsizligidan uning go‘zalligiga putur yetmaydi. Bundan tashqari, axloqning qonun-qoidalari, nasihatlar, hikmat- lar umumiylikka, barchaga bir xilda taalluqlilik xususiyatiga ega. Estetika esa muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, axloq- shunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasi hammaga — ayolga ham, erkakka ham, yosh-u qariga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Estetikada esa «go‘zal odam» tushunchasi yo‘q; yo «go‘zal yigit», yo «go‘zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Demak, axloq uchun — umumiylik, nafosat uchun esa — muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi.

Estetika psixologiya (ruhshunoslik) bilan uzviy bog‘liq. Ma'lumki, insonning ruhiy hayotini o‘rganar ekan, ruhshunos- lik, hissiyotlar masalasiga katta o‘rin beradi. Go‘zallikni, san’at asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, oddiy xarsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l ur-


325

ganidan so‘ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura bosh- laydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg‘ularning jamlanganidadir. Boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o‘zi tomoshabinga yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi. Agar ijodkor — haykaltarosh ana shu hissiyotlarni o‘zi moljallagan darajada tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o‘sha hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg‘ular uyg'ota olsa, mazkur haykal haqi- qiy san’at asari hisoblanadi. Estetika haykaltaroshdan haykalga, haykaldan tomoshabinga o‘sha hissiyotlarning qay darajada o‘tgan-o‘tmaganligini, ya’ni, badiiy qiyofa qanchalik puxta yara- tilganligini o‘rganadi va shu asosda asarni baholaydi. Ruhshunos- lik esa ana shu hissiyotlarning o‘zini o‘rganadi. Bundan tashqari, ruhshunoslik asar g‘oyasidan tortib, to badiiy asar — estetik qadri- yat vujudga kelgunga qadar bo‘lgan ijodkorning hissiyotlar olami- ni tadqiq etadi. Albatta, bunday tadqiq va tahlillar o‘rganishlar alohida-alohida, muxtor holda emas, balki ikkala fanning bir-biri bilan hamkorligi, birining ikkinchisi hududiga o‘tib turishi vosi- tasida ro‘y beradi. Shu bois, ruhshunoslikka ham, estetikaga ham teng aloqador bo‘lgan san’at ruhshunosligi va badiiy ijod ruhshu- nosligi deb atalgan yo‘nalishlar mavjud.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin