Sotsiologiya (ijtimoiyshunoslik) fani bilan aloqadorligi. Ma’lumki, har bir san’at asari alohida inson shaxsiga e’tibor qil- gani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq etadi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan man- zara janridagi asarda ham ijtimoiylik jamiyat a’zosi — muallif qa- rashlarining bilvosita in’ikosi bo‘lmish uslubda o‘zini ko'rsatadi. Zero asar muallifi hech qachon o‘zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo‘lib turolmaydi. Shuningdek, yirik asarlar sotsi- ologik tadqiqotlar uchun o‘ziga xos material bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, sotsiologiya jamiyat bilan san’atning o‘zaro alo- qalarini, san’atning ijtimoiy vazifalarini o‘rganadi; san’atkorning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, o‘quvchi va tomoshabinlarning ijti- moiy-demografik holatlarini tadqiq etadi; shaxs ijtimoiylashu- vida san’atkor va san’at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Bu
326
muammolarni atroflicha o‘rganish uchun maxsus san’at sotsi- ologiyasi sohasi ham mavjud. U ham ijtimoiyshunoslikka, ham cstetikaga birday tegishlidir. Ayni zamonda, muayyan san’at asar- lari, janrlari va turlarining jamiyatdagi mavqeini aniqlab beruvchi maxsus sotsiologik so‘rov usullari ham mavjudki, ular shubhasiz, san’at taraqqiyotiga, estetikaning san’at sohasida to‘g‘ri yo‘nalish lanlashiga ko‘maklashadi.
Dinshunoslik fani bilan aloqadorligi. Din, estetika va san’at doimo bir-birini to‘ldirib keladi va ko‘p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddachilik uchun haykaltaroshlik, nasroniylik uchun tas- viriy san’at, musulmonchilik uchun badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalarini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog‘liqligi ham- mamizga ma’lum.
Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san’at turlari bilan aloqadorlikda ish ko‘radi. Asrlar mobaynida ana shu aloqalar natijasi o‘laroq, san’at asarining o‘ziga xos ko‘rinishi — diniy- badiiy asar vujudga keldi. «Abu Muslim jangnomasi», Shohizinda me’morlik majmuyi, Kyoln jomesi, Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, Hindi—Xitoy mintaqasidagi Budda ibodatxonalari ana shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy g‘oyalar ba- diiyat orqali ifoda topgan. Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan hamkorlik qilmay iloji yo‘q: u o‘sha diniy g‘oyalarning mohiyatini, har bir umumjahoniy din- ning san’at oldiga qo‘ygan talablarini yaxshi bilmog‘i va hisobga olmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |