Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə19/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

51

Iiiiiiii kcngaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali 1.1'sii ko‘rsatdi. Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi g‘oyalarini Ycvropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar i ivojlantirdilar.

Mlug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo‘ygan, ilohiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan, maktab va madrasalar qurishga e’tibor hcrgan shoh va jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho‘rolar dnvrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qara- lildi, hatto uni ateist darajasiga ko‘tarishga urinishlar ham bo‘ldi. «lJlug‘bek Mirzo, — deb ta’kidlagan edi Alisher Navoiy, — do- nishmand podshoh edi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi». «Temurxon naslidin Mirzo Ulug‘bek, Ki dunyo ko‘rmadi podshoh aningdek» misralari ham Navoiyga tegishlidir.

XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy inarkazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm- ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur mutafakkirlar yetishib chiqdi. 0‘rta asr mumtoz adabiyotining va- kili, ulug‘ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492) Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar- lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo‘llari haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo‘lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul- abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.

Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy, mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo mavjud bo‘lganda, borliq yo‘q edi, dunyo o‘zining boshlang‘ichini Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvar- lik g‘oyalari bilan chambarchas boglanib ketadi. Mutafakkirning ko‘pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g‘oyalari tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e’tiqod qilib, uning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi.




53

kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xoraz- miy, al-Farg‘oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muhim o‘rin egalladi.

Ulug‘bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Ko‘xak tepaligida, Obi Rahmat arig‘ining bo‘yida, rasadxona bar- po etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424-yilda boshlanib, 1429-yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug‘bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga bag‘ishlangan «Risolayi Ulug‘bek» va tarixga oid «To‘rt ulus tari- xi» kitoblarini yozdi. Ulug‘bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, mu- siqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1118 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.

Ulug‘bek o‘z atrofiga qobiliyatli olimlarni to‘pladi, o‘zga mamlakatlardan iqtidorli allomalarni taklif etdi. Ana shunday olimlardan biri G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430-yilda va- fot etgan) bo‘lib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftox ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira haqida risola») va boshqalardir. XYI asrdan boshlab Yevropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana bosh- ladilar.

Tarixda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo‘lgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) Ulug‘bekning shogir- didir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. Ali Qushchi «As- tronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatla- rini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatla- rini o‘rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga o‘tishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini ilgari surdi.

Umuman shuni ta'kidlash lozimki, Ulug‘bek va u asos sol- gan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o‘rganishda muhim rol o‘ynadi, o‘sha vaqtgacha fanga ma'lum bo‘lmagan




52

Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan siymolardan biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G‘iyosiddin kichkina Shahri- sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi- rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472- yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.

Navoiy ijodi boy bo'lib, asarlari turli mavzularga bag‘ishlangan. «Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», «Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.

Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in- son g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu- lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim- matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

0‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlaridan biri Ka- moliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450 — 1505-yillarda yashagan) bo'lib, 0‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo- jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifi bilan Xirotga ko‘chib keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi. Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuvvatnomayi sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami- ya» va boshqalardir. Koshifly katta olim va mudarris bo‘lib yetisha- di, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga bag‘ishlaydi. U


54

Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada boladi. «Mavlono Husayn Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor voqe’ bo‘lubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan, va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.

XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar, taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo‘linib ketishi, iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo‘ldi. Natijada Mova- rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin