Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə71/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Inson ongli mavjudot. Bir zamonlar faylasuflarning ustozi Suqrot «0‘zingni bilsang, olamni bilasan», — degan edi. Falsafiy hikmatga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham sir-u sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o'ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, tafakkurning kelib chiqish masalasidir.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi — eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mum- kin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot




172

mavzui doirasiga kirgan bolsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari ohtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bi- lan aynan falsafa shug‘ullanadi.

Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo‘lgan!igi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doira- sida berilgan.

Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, Xudo yaratgan mo'jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda in- son ongi Xudoning, buyuk ilohiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qa- rashlarning ildizi juda qadimiy bo‘lsa-da, ular hamon o'zining ko'plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilgan- ligi masalasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham Yaratganning qudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Barcha dinlar kabi islom dinida ham ana shunday qarash e’tirof etiladi va ong, tafakkur Yaratganning insonga in’omi, ilohiy mo‘jizalar sifatida tavsiflanadi.

Bunday qarashlardan farq qiladigan va ong muayyan mod- diylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday qarash- lar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida «Vulgar ma- terializm» deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ish- lab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ma’naviy emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko'rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, o‘lchab ham bo‘lmaydi.

Moddiylikka asoslangan qarashlarga ko‘ra, ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo‘sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo bo‘ladi. Buning uchun esa, hech bo‘lmaganda, ikkita narsa, jonzotlar, ya’ni obyektlar bo‘lishi




173

va ular o‘rtasida o‘zaro ta'sir sodir bo‘lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday narsalarning u bilan ta'sirlashuvda bo‘lgan boshqa narsalarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog‘liq xossasiga in’ikos deyiladi.

Shu ma’noda in'ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in'ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi.

Shu bilan birga, notirik tabiatda in’ikos passivligi, tirik tabi- atda esa, faolligi bilan ajralib turadi. Tirik tabiatda in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi ax- borotli in’ikos shaklini oladi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning har bir darajasida yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos darajasida voqelikka aktiv munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o‘z navbatida, uning o‘ziga xos, yuqori shakli bo‘lgan ongning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratdi.

Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulo- salar, qarashlar majmuyidan iborat bo‘lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Uning sohib- lari — subyektlari alohida olingan shaxslarning hayotiy tajribasi, qiziqishlari, qobiliyatlari, bilimlari, hayotda egallangan mavqelari hech qachon bir xil bo‘lmaydi.

Odatiy ongda nazariy bilimlarga dalil va asos bo‘lib xizmat qiladigan elementlar bo‘ladi. Olimlar, san’atkorlar turli nazariya- lar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslana- dilar, undan ma’naviy oziq oladilar.

Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar, kundalik turmush qoida va talablari, tabiat haqidagi bilimlar, Shuningdek turli uydirmalar, noto‘g‘ri qarashlar ham o‘z ifodasini topadi. Ko‘p asrlik hayotiy tajribani ixcham shaklda o‘zida mujas- samlashtirgan xalq maqollari bunga misol bo‘la oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki, inson farzandi murg‘aklik davri-


174

danoq o‘z atrofidagilar, so‘ngra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati erishgan ilmiy bilimlarni ham o‘zlashtirishga kiri- shadi. Boshqacha aytganda, sodir bo‘layotgan voqealarga nafaqat o‘z tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtayi nazaridan ham baho bera boshlaydi, nazariy ong ta’sirida bo‘ladi.

Xo‘sh, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak?

Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ong- dan farqli o‘laroq nazariy ong o‘zgaruvchan xarakterga ega. Bu o‘zgaruvchanlik ilmiy bilimlarning shiddatli rivojlanishi, voqelik haqidagi bilimlarning doimiy chuqurlashib va kengayib borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, odatiy ongga voqealarning tashqi tomonini ifodalash xos bo‘lsa, nazariy ong voqealarning mohiya- tini, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham u odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida hosil qilingan bilimlarni saralashga yordam beradi.

Ushbulardan xulosa shuki, ong va tafakkur insonga olam va odam, voqea va hodisalar sirlarini bilish, ular bilan bog‘liq tu- shuncha va tamoyillar, qonunlar va o‘ziga xos jihatlar, masala va muammolarni anglash, bu yorug‘ dunyoda mazmunli hayot kechirish uchun ato etilgan.

Insonning biologik va ijtimoiy tabiati haqidagi falsafiy asar- larda jins, jinsiy munosabatlar, erkak va ayol o‘rtasidagi farq, av- lodlar o‘rtasidagi munosabatlar, o‘lim muammolari deyarli yo- ritilmagan. Vaholanki, insonning real hayoti — tug‘ilish va o‘lish bilan bog‘liq biologik vaqt doirasi bilan chegaralangan. Mazkur chegaralarda hayot kontinual va avlodlar o'rtasidagi munosabat- larga ham, jinslar o‘rtasidagi munosabatlarga ham bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga to‘la. Hozirgi zamon falsafasi va fani insonni o‘rganishda uning yaxlit ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi talqinidan kelib chiqadi.

Inson va uning qobiliyati muammosi shuning uchun ham alohida o‘rin egallaydiki, labiiy ilmiy bilimning bu muammoni o‘rganish imkoniyatlari ancha cheklangan. Falsafiy va ijtimoiy bilim ham insonni mukammal bilishni da’vo qila olmaydi. De- mak, bunda kompleks yondashuvgagina umid qilish mumkin.


175

Bu yondashuv inson tabiatini tushunishning butun ratsionalistik an'anasi hamda ezoterik tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga insonni o‘rganish chegaralarini ancha kengaytirish im- konini beradi.

Hozirgi zamon fani inson hodisasini o'rganishga tabiatshu- noslik va jamiyatshunoslikka oid bilimlar sintezi asosida yon- dashishni taklif qiladi. Bunda inson ijtimoiy xulq-atvorining ijtimoiy-biologik asoslarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Hozirgi fanlarda inson va oliy hayvonlar xulq-atvori o‘rtasidagi o‘xshashliklarning samaraliligi keng muhokama qilinmoqda. Ij- timoiy biologiya darvinizm prinsiplari va tushunchalari, chunon- chi, tabiiy tanlanish, evolyutsiya jarayonini populyatsion genetika qonuniyatlari universalligining adaptogenezi sifatida tushunishni qabul qilish zarurligini qayd etmoqda. Insonni bilishning tabi- iy-ilmiy metodlariga yon bosish insonshunoslikning biologiyaga bog'lanib qolishiga olib kelishi mumkin. Tabiiy fanlar sohasida erishilgan yutuqlarga e’tiborsizlik esa insonni real o‘rganishda uncha foydali bolmagan abstrakt va spekulyativ modellarning tuzilishiga olib keladi.

Inson haqidagi fikrlar inson tabiati va mohiyatini farqlash zarur, degan xulosaga olib kelgan. Bu yerda aniq chegara bo‘lishi mum- kin emas, Chunki inson doim olam jumbog‘i, uning ochilmagan siri bo‘lib kelmoqda. Lekin, shunga qaramay, fanda inson qobili- yati va sifatlari majmuyini uning tabiati bilan bog‘lab o‘rganish qabul qilingan. Aqllilik, muomala qilish va ijtimoiy hayot kechirish qobiliyati insonning asosiy xususiyatlari hisoblanadi.

Inson mohiyati esa, o‘z tabiatining teran o‘zagi, faqat «inson- gagina xos bo‘lgan» jihatlar yoki insonni oliy hayvondan farqlash imkonini beruvchi sifatlar bilan bog‘liq. Inson mohiyati nimada, degan savolga mutafakkurlar har xil javob beradi. «Inson mohiyati ayrim individga xos bo‘lgan mavhum narsa emas. Amalda u bar- cha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir», degan ta’rif insonning ijti- moiyligini odamzodning eng muhim va asosiy negizi sifatida qayd etadi. Bu yondashuv butun insoniyatning yagona teran mohiyati va aniq qayd etiladigan inson tabiati mavjudligini inkor etuvchi falsafiy antropologik relyativizmning amaldagi muqobilidir.


176

Inson haqida oddiy odamlar orasida so‘z yuritilganida, odat- da, mohiyat — tug‘ma, shaxsiyat - o‘zlashtirilgan sifat ekanligi qayd etiladi. Shaxsiyatdan farqli o‘laroq, mohiyatni osongina yo‘qotish, o‘zgartirish yoki buzish mumkin emas. Shart-sha- roitlarni o‘zgartirish orqali shaxsiyatni deyarli to‘liq o‘zgartirish mumkin. Shaxsiyat yo‘qolishi yoki o‘zgarishi mumkin. Mohiyat inson jismoniy va aqliy holatining negizi hisoblanadi. Shaxsiyat o‘zlashtirilgan sifatlardan tashkil topadi. Shaxsning shakllanishi- da imitatsiya — taqlid yo‘li va tasavvur muhim ahamiyatga ega. Mohiyat shaxsiyatdan ustun bo‘lsa, odam o‘zi uchun foydali nar- salarni afzal ko‘radi, shaxsiyat mohiyatdan ustun bo‘lgan holda esa o‘zi uchun zararli narsalarni afzal biladi, degan g‘ayrioddiy yondashuv ham mavjud.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin